BAA. Haydarov gol urib "Al SHabab"ga g'alaba keltirdi
23 jan 2016 21:10
Yangiliklar


BAA. Haydarov gol urib "Al SHabab"ga g'alaba keltirdi
Birlashgan Arab Amirliklarida o'ynaydigan hamyurtimiz Azizbek Haydarov to'p tepadigan "Al SHabab" jamoasi 15-turni o'z uyida "Al Vahda"ga qarshi o'tkazdi.
O'yinda "Bunyodkor"ning OCHL-2016 pley-offidagi raqibi 1:0 hisobida g'alaba qozondi. "SHabab" safida yagona golni hamyurtimiz Azizbek Haydarov penaltidan urdi.
Haydarov doimgidek 90 daqiqa o'ynadi. "Al SHabab" 15ta o'yindan 23 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda. Jamoa keyingi o'yinni 29 yanvar kuni safarda "Dibba Al Fujayra"ga qarshi o'tkazadi.
"Al SHabab" - "Al Vahda" 1:0
Gollar: Azizbek Haydarov 87 penalti
O’xshash yangiliklar

Fikrlar