So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  37 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

BAA FA prezidenti: "Osiyo Kubogi-2019da har bir o'yin bayramdek o'tadi" Yangiliklar

BAA FA prezidenti: "Osiyo Kubogi-2019da har bir o'yin bayramdek o'tadi"

Teglar :  Osiyo KubogiBAA
BAA navbatdagi Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

BAA futbol associaciyasi prezidenti Marvan bin Galita OFK rasmiy saytiga intervyu berib musobaqaga tayyorgarlik hamda BAA terma jamoasining imkoniyatlari haqida gapirdi.

Malumki, Osiyo Kubogi ikkinchi bor BAAda o'tkaziladi. Birinchisi 1996 yil tashkil etilgan bo'lib, bunda Saudiya Arabistoni zafar quchgandi. Saudiyaliklar musobaqaning hal qiluvchi final bahsida BAAni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etishgan.

- BAA terma jamoasi 2015 yilgi Osiyo Kubogida 3-o'rinni qo'lga kiritgandi. Keyingi rejalar qanday ko'rinishda bo'ladi?
- Albatta, bizda maqsad yuqori. Biz ham qitada va jahonda o'zimizni ko'rsatishni xohlaymiz. 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida kuchli to'rtlikka kirishni maqsad qilgandik. Yakunda esa bronza medallariga ega chiqqanmiz. O'shanda faqat yarim finalda mezbon Avstraliyaga imkoniyatni boy berganmiz. Endilikda muxlislar katta ishtiyoq bilan Osiyo Kubogi-2019ni kutishyapti. 2010 yil Guangjouda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida kumush medallarni qo'lga kiritgandik. Bu yil Indoneziyada bo'lib o'tgan musobaqada esa uchinchi o'rinni oldik. Demak, hammasi yaxshi ketyapti deya olaman. Biz mana shu jamoa bilan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga borishga harakat qilamiz.

- Osiyo Kubogida ishtirok etishdan asosiy maqsad?
- Biz musobaqa mezbonimiz. Hamma o'yinlar o'z uyimizda bo'lib o'tadi. Maqsad esa bitta: chempion bo'lish! Ijobiy natijalar terma jamoaning yanada ishonch bilan olg'a qadam tashlashini bildiradi. Agar Osiyo Kubogida zafar quchsak, shubhasiz eng katta orzularimizdan biri amalga oshgan bo'ladi. Biz shuningdek, Indoneziyada o'tkaziladigan U-19 Osiyo chempionatini ham unutganimiz yo'q. Bu musobaqada yoshlarimizga omad tilab qolaman. Maqsad esa kuchli to'rtlikka kirib U-20 jahon chempionatiga yo'l olish.

- Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish orqali BAA futbol associaciyasi nimalarga erishadi?
- Bunday nufuzli musobaqaga mezbonlik qilish unda g'olib chiqishdek gap. BAA har doim jahon diqqat markazida bo'lishni xohlaydi va bizda ko'plab tadbirlar tashkil etiladi. Bizning mamlakatda futbol infratuzilmasi yuqori, ajoyib stadionlarimiz bor, jamoat transportlari doim xizmatingizda, mehmonxona va do'konlarni-ku gapirmasa ham bo'ladi. Biz tarixda birinchi bor 24ta terma jamoa qatnashadigan qitaning eng nufuzli musobaqasini yuqori saviyada o'tkazishga harakat qilamiz. To'rtta shaharda bo'lib o'tadigan hamma o'yinlar muxlislarga bayram kayfiyatini ulashishini xohlaymiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика