BAA chempionati, 11-tur. "Al SHabab"da g'alaba, Azizbek Haydarov jamoasining goliga hammualliflik qildi
11 dek 2015 22:00
Yangiliklar


BAA chempionati, 11-tur. "Al SHabab"da g'alaba, Azizbek Haydarov jamoasining goliga hammualliflik qildi
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 11-turida hamyurtimiz Azizbek Haydarov to'p suradigan "AL SHabab" "Emireyts"ga safar uyushtirdi.
BAA chempionati, 11-tur.
"Emireyts" - "Al SHabab" 0:2
Gollar: Luvannor (2, 5)
Azizbek Haydarov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining birinchi goliga assistentlik vazifasini alo darajada bajardi. Hamyurtimiz birinchi bo'limdan so'ng o'z o'rnini Abdulla Halifaga bo'shatib berdi.
"Al SHabab" "Emireyts" maydonida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar