So’nggi yangiliklar

15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  2 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   13 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  3 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  6 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  12 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  5 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  6 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  15 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  4 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  5 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  2 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  7

B PRO-Liga. 2019 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra jamoalarda ko'rsatkichlar qanday? Yangiliklar

B PRO-Liga. 2019 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra jamoalarda ko'rsatkichlar qanday?

Teglar :  B Pro-Liga
2019 yilgi B PRO-Liga bahslarida har bir klub qayd etgan natijalarni yodga olamiz.

SHarq mintaqasi

1."TURON".O'zbekiston tumanining "Turon" jamoasi o'tkazilgan 28 turda 19 ta g'alaba, 5 durang va 4 bor mag'lubiyat qayd etgan xolda 62 ochko jamg'arib, SHarq mintaqasida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yaypanliklar raqiblari darvozasiga 67 ta gol kiritib, 23 ta o'tkazib yubordilar. "Turon" mavsum davomida eng ko'p gol kiritgan va eng kam o'tkazgan jamoa sifatida tarixda qoladigan bo'ldi.

2."LOKOMOTIV-BFK".Toshkentning "Lokomotiv-BFK" jamoasi B PRO-Liga SHarq mintaqasida o'tkazilgan 28 tur uchrashuvlarida jami 15 g'alaba, 3 durang, 10 ta mag'lubiyat qayd etgan xolda 48 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Toshkentliklar raqiblari darvozasiga 55 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 47 ta o'tkazib yubordilar.

3."BUNYODKOR-2".Toshkentning "Bunyodkor-2" jamoasi B PRO-Liga SHarq mintaqasida o'tkazilgan 28 ta tur uchrashuvlarida 13 g'alaba, 7 durang, 8 mag'lubiyat qayd etgan xolda 46 ochko bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.Toshkentliklar raqiblari darvozasiga 44 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 29 ta to'p o'tkazib yubordilar.

4."RASH-MILK". Andijon viloyatining "RASH-MILK" jamoasi B PRO-Liga SHarq mintaqasida o'tkazilgan 28 ta tur uchrashuvlarida 13 g'alaba, 4 durang, 11 mag'lubiyat (texnik mag'lubiyatlar ham qo'shib hisoblangan) qayd etgan xolda 43 ochko bilan musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdi. SHaxrixonliklar raqiblari darvozasiga 37 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 30 ta to'p o'tkazib yubordilar.

5."RUBIN".Toshkent viloyatining "Rubin" jamoasi B PRO-Liga SHarq mintaqasida o'tkazilgan 28 ta tur uchrashuvlarida 10 g'alaba, 10 durang, 8 mag'lubiyat qayd etgan xolda 40 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o'rinni qo'lga kiritdi.Qibrayliklar raqiblari darvozasiga 36 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 30 ta to'p o'tkazib yubordilar.

6."CHIG'ATOY". Toshkentning "CHig'atoy" jamoasi B PRO-Liga SHarq mintaqasida o'tkazilgan 28 ta tur uchrashuvlarida 8 g'alaba, 6 durang, 14 mag'lubiyat qayd etgan xolda 30 ochko bilan musobaqa jadvalida oltinchi o'rinni qo'lga kiritdi.Toshkentliklar raqiblari darvozasiga 39 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 46 ta to'p o'tkazib yubordilar.

7."YASHNOBOD". Toshkentning "Yashnobod" jamoasi B PRO-Liga SHarq mintaqasida o'tkazilgan 28 ta tur uchrashuvlarida 7 g'alaba, 3 durang, 18 mag'lubiyat qayd etgan xolda 24 ochko bilan musobaqa jadvalida ettinchi o'rinni qo'lga kiritdi.Toshkentliklar raqiblari darvozasiga 39 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 78 ta to'p o'tkazib yubordilar. Etiborlisi, "Yashnobod" V PRO-Liganing 2019-yilgi mavsumida o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa sifatida qayd etildi.

8. "ANDIJON-2". Andijon viloyatining "Andijon-2" jamoasi B PRO-Liga SHarq mintaqasida o'tkazilgan 28 tur uchrashuvlarida 6 g'alaba, 5 durang, 18 mag'lubiyat qayd etgan xolda 22 ochko bilan musobaqa jadvalida sakkizinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Andijonliklar raqiblari darvozasiga 33 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 67 ta to'p o'tkazib yubordilar.


G'arb mintaqasi

1. “ZOMIN". Zomin tumanining "Zomin" jamoasi o'tkazilgan 20 ta tur uchrashuvlarida 15 g'alaba, 3 durang va 2 bor mag'lubiyat qayd etgan xolda 48 ochko jamg'arib, G'arb mintaqasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.Zominliklar raqiblari darvozasiga 53 bor gol kiritib, 19 ta o'tkazib yubordilar. "Zomin" mavsum davomida eng kam gol o'tkazgan jamoa sifatida tarixda qoladigan bo'ldi.

2."YANGIER". Yangierning "Yangier" jamoasi B PRO-Liga G'arb mintaqasida o'tkazilgan 20 ta turda 13 g'alaba, 2 durang, 5 mag'lubiyat qayd etgan xolda musobaqa jadvalida 41 ochko bilan ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yangierliklar mavsum davomida raqiblari darvozasiga 53 gol kiritib, 21 ta o'tkazib yubordilar. Etiborlisi "Yangier" musobaqa g'olibi "Zomin" bilan birgalikda raqiblari darvozasiga eng ko'p gol kiritgan jamoa bo'ldi.

3."ARAL".Qoraqalpog'istonning "Aral" jamoasi B PRO-Liga G'arb mintaqasida o'tkazilgan 20 ta tur uchrashuvlarida 10 g'alaba, 3 durang, 7 mag'lubiyat qayd etgan xolda 33 ochko bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Nukusliklar raqiblari darvozasiga 34 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan xuddi shuncha to'p o'tkazib yubordilar.

4. "G'IJDUVON". Buxoro viloyatining "G'ijduvon" jamoasi B PRO-Liga G'arb mintaqasida o'tkazilgan 20 ta tur uchrashuvlarida 8 g'alaba, 5 durang, 7 mag'lubiyat qayd etgan xolda 29 ochko bilan musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdi.G'ijduvonliklar raqiblari darvozasiga 29 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 34 ta to'p o'tkazib yubordilar.

5."ZIRABULOQ". Samarqand viloyatining "Zirabuloq" jamoasi B PRO-Liga G'arb mintaqasida o'tkazilgan 20 ta tur uchrashuvlarida 3 g'alaba, 2 durang, 15 mag'lubiyat qayd etgan xolda 11 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Narpayliklar raqiblari darvozasiga 26 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 48 ta to'p o'tkazib yubordilar.

6."ITTIFOQ-NAVOIY". Navoiy viloyatining "Ittifoq-Navoiy" jamoasi B PRO-Liga G'arb mintaqasida o'tkazilgan 20 tur uchrashuvlarida 3 g'alaba, 1 durang, 16 mag'lubiyat qayd etgan xolda 10 ochko bilan musobaqa jadvalida oltinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Navoiyliklar raqiblari darvozasiga 18 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 58 ta to'p o'tkazib yubordilar. Etiborlisi "Ittifoq-Navoiy" B PRO-Liga G'arb mintaqasida joriy mavsum davomida eng ko'p gol o'tkazgan jamoa sifatida qayd etildi.


Bekzod Tolibov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика