Azmun SHomurodovning jamoadoshiga aylanadimi?
04 noy 2021 20:30
Yangiliklar
Azmun SHomurodovning jamoadoshiga aylanadimi?
"Roma" sport direktori Tyagu Pintu Rim klubining "Zenit" hujumchisi Serdar Azmunga qiziqishi bor-yo'qligiga oydinlik kiritdi.
OAVda "Roma" va "Fiorentina" eronlik futbolchining o'yinini kuzatish uchun skautlar yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Florenciyaliklar ushbu axborotni rad qilishdi.

"Albatta, skautlarimiz muntazam ravishda CHempionlar ligasi bahslarida bo'lishadi. Biroq "Roma" Azmunga qiziqish bildirgani yo'q, bu – feyk", - dedi Pintu.
Azmun joriy mavsumda "Zenit" uchun 16 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar