Azmun O'zbekiston termasiga qarshi bahsda o'ynamasligi sababi malum bo'ldi
09 sen 2018 13:47
Yangiliklar
Azmun O'zbekiston termasiga qarshi bahsda o'ynamasligi sababi malum bo'ldi
"Rubin" va Eron termasi hujumchisi Sardor Azmun O'zbekistonga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Bu haqda Eron termasi vakillari xabar berishgan.
"Jahon chempionati vaqtida Azmun juda ko'p bora tanqid qilindi. Muxlislar uning onasidan so'kishdi. Azmun bunga og'riqli ravishda munosabat bildirdi. SHu boisdan Azmun O'zbekistonga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Bu biz uchun katta yo'qotish", - deyiladi xabarda.
Oldinroq Azmun onasining kasalligi va sog'lig'i yomonlashgani bois termadan ketgani borasida malumot berilgandi.
Fikrlar