Azmun O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok etadi
22 sen 2020 18:00
Yangiliklar


Azmun O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok etadi
"Zenit" hujumchisi Serdar Azmun o'rtoqlik o'yinlari uchun Eron terma jamoasiga chaqirildi.
Bu haqda Rossiya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eron 8 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi, 13 oktyabrda esa Tehronda Tojikiston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
2014 yildan beri Eron termasida o'ynaydigan hujumchi 48ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
23:17
Eron kubogi. "Istiqlol" "Sanat Naft"ni mag'lub etib, finalga chiqdi, Masharipov zaxirada qoldirildi 4

Fikrlar