Azmun "Napoli"ga o'tmaydi, "adzurrilar" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
31 iyu 2020 20:09
Yangiliklar
Azmun "Napoli"ga o'tmaydi, "adzurrilar" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
Neapol klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, "Lill" forvardi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolangan.
Italyan klubi bitim tafsilotlarini elon qilmadi. OAV malumotlariga etibor qaratsak, Osimxen uchun 50-81 mln evro atrofida mablag' sarflangani to'g'risida aytilmoqda. 21 yoshli nigeriyalik hujumchi 5 yillik shartnomaga va 4,5 mln evro (+ bonus) yillik maoshga ega bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, uzoq vaqt mobaynida "Napoli" rahbariyati Osimxenga muqobil sifatida "Zenit" hujumchisi Serdar Azmunni kuzatib bordi. Agar "Lill" futbolchisi bilan kelishuv amalga oshmasa, Azmun A Seriyaga ko'chib o'tishi kerak edi.
Fikrlar