Azmun "Napoli"ga o'tmaydi, "adzurrilar" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi

31 iyul 2020, 20:09
Neapol klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, "Lill" forvardi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolangan.

Italyan klubi bitim tafsilotlarini e'lon qilmadi. OAV ma'lumotlariga e'tibor qaratsak, Osimxen uchun 50-81 mln evro atrofida mablag' sarflangani to'g'risida aytilmoqda. 21 yoshli nigeriyalik hujumchi 5 yillik shartnomaga va 4,5 mln evro (+ bonus) yillik maoshga ega bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, uzoq vaqt mobaynida "Napoli" rahbariyati Osimxenga muqobil sifatida "Zenit" hujumchisi Syerdar Azmunni kuzatib bordi. Agar "Lill" futbolchisi bilan kelishuv amalga oshmasa, Azmun A Seriyaga ko'chib o'tishi kerak edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/sscnapoli