So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  2 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  2 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  21 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Azizbek Turg'unboev: "Faoliyatimdagi birinchi yutuqni qo'lga kiritdim" Yangiliklar

Azizbek Turg'unboev: "Faoliyatimdagi birinchi yutuqni qo'lga kiritdim"

"Navbahor" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev PFL talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli goli muallifi deb topildi.

"Bugun ajoyib taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bundan juda xursandman. Bu faoliyatimdagi birinchi yutug'im. Sovrin faqat bir meniki emas, jamoadoshlarim yordamisiz va qo'llab-quvvatlagan muxlislarsiz bunga erisha olmasdim. Keyinchalik yana o'zimni ko'rsatishga va chiroyli gollar urishga harakat qilaman.

Bu mavsum kubokda "Andijon"ga yutqazib qo'ydik. Bor etiborimiz chempionatga qaratilgan. Oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz, xudo xohlasa chempionlikka kurashadigan jamoa tuzishga harakat qilamiz.

Safardagi mag'lubiyatlar? Futbolda hamma narsa bo'ladi. "So'g'diyona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng ruhiy tushkunlikka tushib qoldi. SHu bois Andijonda o'yinimiz qovushmadi.

Mavsumni kuchli uchtalikda yakunlashga kuchimiz etadi.

Yulduzlik kasali? Bunday narsani o'zimga ep bilmayman. Futbolchi o'zini biroz erkin qo'ysa sinib qolishi mumkin. SHu bois bu narsalardan uzoqda bo'laman.

"Navbahor" bilan bir yillik shartnomam bor. Agar Superliganing boshqa kuchli klublardan taklif bo'lsa? O'ylab ko'raman", - deydi mart oyining eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli goli muallifi Azizbek Turg'unboev championat.asia saytiga.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика