So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  7 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Azizbek G'ulomxo'jaev: Ashurmatov Navbahorni yuqori o'rinlarga olib chiqa oladi Yangiliklar

Azizbek G'ulomxo'jaev: Ashurmatov Navbahorni yuqori o'rinlarga olib chiqa oladi

"Navbahor" jamoasiga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin jamoa qizg'in ravishda mashg'ulotlarga kirishdi.
Tarkibda bir qator yangi nomlar ham paydo bo'la boshladi. Ularning orasida istedodli futbolchi Azizbek G'ulomxo'jaev ham bor. Himoyachi o'tgan mavsumni "Qizilqum"da boshlab "SHo'rtan"da yakunladi. Garchi Aziz o'ynagan klublarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsada, doimiy ravishda asosiy tarkibda to'p surdi. Futbolchi sifatida tajribasini yanada oshirdi deyishimiz mumkin. 2014 yildan esa G'ulomxo'jaevning umidi katta. Dastlab "Nasaf" mashg'ulotlarida qatnashgan futbolchi endi "Navbahor yig'inlariga jalb qilindi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni "Nasaf"da boshlagandingiz. Keyin esa "Navbahor" yig'inida paydo bo'ldingiz. Xo'sh, bu qanday qilib sodir bo'ldi?
- "Navbahor" jamoasiga qo'shilishim haqida gapiradigan bo'lsam, "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning maslahatiga ko'ra bu erga keldim. Bilasiz Baxtiyor Ashurmatov "Bunyodkor" klubida ish olib borayotgandi. Xullas, maslahatlashgan holda Namanganga kelishga qaror qildim.

- Hali ham huquqiy jihatdan "Bunyodkor"ga tegishlimisiz?
- "Bunyodkor"ga tegishli emasman. Ammo, hali ham ustozlarimdan maslahatlar olib turaman.

- Dekabrda "Nasaf" klubi mashg'ulotlarida ham qatnashdingiz. Lekin, Qarshida qolish nasib etmadi. Bu borada nima deya olasiz?
- Bu murabbiyning xulosasi. SHuning uchun ushbu savolga javob bera olmayman. Futbolchini olish yoki olmaslik bizning ishimiz emas. Hammasini murabbiylar hal etishadi.

- Aytmoqchimanki, etakchilardan biri bo'lgan ushbu jamoadan joy ololmaganingiz kayfiyatingizga salbiy tasir qilmadimi?
- Yo'q, yomon tasir qilmadi. U erda hammasi yaxshi bo'ldi deb ayta olaman. Garchi "Nasaf"da qolmagan bo'lsamda, jamoani ajoyib taassurotlar bilan tark etdim.

- "Navbahor"da davom etayotgan tayyorgarlik jarayoni xususida fikrlaringiz qanday?
- Hozircha taassurotlar yaxshi, yomon emas. Jamoaning yig'inida yangi o'yinchilar ko'pchilikni tashkil qilyapti. O'ylashimcha, "Navbahor"ga yana yangi tajribali futbolchilar qo'shilishadi.

- Ashurmatov bosh murabbiy bo'lib kelgach mahalliy muxlislar unga ishonch bilan qaray boshlashdi.
- Baxtiyor Ashurmatovga barcha sharoitlarni yaratib berishsa jamoani yuqori o'rinlarga olib chiqa oladi, bunga ishonaman. Uning qanday futbolchi bo'lganligini barcha yaxshi biladi. SHuning uchun murabbiy sifatida ham bu insonni yorqin kelajak kutib turganiga ishonaman. Murabbiy sifatida juda talabchan. Bu esa uning yutuq tomonlaridan biridir.

- Klubdagi taqdiringiz qachon hal bo'lishi mumkin?
- Qolish yoki qolmasligim Toshkentdagi yig'inda malum bo'ladi. 22 yanvardan tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiramiz. O'sha erda uzil-kesil gaplashib olsak kerak. Baribir hammasi murabbiyga bog'liq.

- Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?
- Mavsumni ko'tarinki ruhda boshlash haqida o'ylayapman. Keyin o'z jamoam bilan ijobiy natijalarga erishishga harakat qilamiz. SHuningdek, keyinchalik yanada yaxshi klublarda va terma jamoada o'ynash uchun bor kuchim bilan intilaman.

- O'tgan yilgi mavsumni "Qizilqum" va "SHo'rtan"da o'tkazdingiz. Biroq, g'uzorliklar bilan birga oliy ligani tark etdinglar. SHunday ekan, mavsum yoqimsiz bo'lgandir?

- "SHo'rtan"da moliyaviy muammolar avj olganini hamma yaxshi biladi. Bunday paytda rahbarlarga ham, futbolchilarga ham qiyin bo'lishi aniq. Lekin, "SHo'rtan"da yaxshi jamoa yig'ilgandi, sharoitlar joyida edi. Tarkibdan ko'ngil to'q edi. Moliyaviy muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga uchradik.

SHuhratbek Jo'raev suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика