Aziz To'xtaboev: “O'yin tugashia 10 soniya qolganida gol o'tkazib, g'alabani boy berganimiz alamli bo'ldi”
27 noy 2019 20:34
Yangiliklar


Aziz To'xtaboev: “O'yin tugashia 10 soniya qolganida gol o'tkazib, g'alabani boy berganimiz alamli bo'ldi”
- Avvalo shuni aytishni istardimki , bugungi o'yin haqiqiy "derbi"ga xos , jangovor tarzda bo'lib o'tdi. Uchrashuv tugashiga 10 soniya qolganida gol o'tkazib yuborib, g'alabani boy berganimiz alamli bo'ldi. Barcha "vodiy derbi"lari mana shunday jangovor kurashlarga boy tarzda o'tadi.
O'yin davomida ko'plab golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Bazi hollarda maydon holati ham hujumchilarimizga halaqit qildi. O'tgan yomg'irlardan so'ng maydon o'z tekisligini birmuncha yo'qotgan. Suhrob Berdiev yoki Otabek Haydarovda bo'lgan vaziyatlar bunga misol bo'la oladi.
So'nggi turda "Navbahor" bilan o'z maydonimizda yana bir "derbi"da maydonga tushamiz. Biz bu uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rib , muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlashni istaymiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar