So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

Aziz To'xtaboev: “Bizga bitta g'alaba etishmayotgandi” Yangiliklar

Aziz To'xtaboev: “Bizga bitta g'alaba etishmayotgandi”

Superligasi 16-tur doirasidagi "Dinamo" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev ishtirok etdi.

- Barcha hamyurtlarimizni jamoamiz nomidan kirib kelayotgan iydi Qurbon bayrami bilan muborakbod etamiz. Bugungi g'alabamiz muxlislarimizga bayram sovg'asi bo'ldi. O'yin borasida aytadigan bo'lsam, bugungi bahs qiyin kechishini bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Bizga bitta g'alaba etishmayotgandi. Mana, bugun uni qo'lga kiritdik.
Sobit Sindarovni yaxshi bilganimiz bois uning birinchi sariq kartochkasidan keyin almashtirmaslikka qaror qilgandik. Uning o'yinga chanqoq ekanligi sababli Sindarovga imkoniyat berdik. Futbolda shunday holatlar bo'lib turadi.

Timur Kapadzeni yozda jamoamizga taklif etgandik. Uning oldida muhim vazifalar borligi uchun rad javobini bergandi. Hozir esa jamoamizga o'zining qimmatli maslahatlarini berib kelmoqda.

Bugungi o'yin uchun maxsus reja ishlab chiqqandik. Negaki, raqibimiz o'z maydonidagi uchrashuvlarda ko'proq hujumkorlikka zo'r berayotgandi. SHu bois besh nafar himoyachi bilan o'yinni boshladik. Rejamiz ish berganidan xursandmiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика