So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  212 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Aziz Ibragimov yurtimizga qaytmoqda Yangiliklar

Aziz Ibragimov yurtimizga qaytmoqda

Xorijdagi legionerimiz kelgusi faoliyatini yana milliy chempionatimizda davom ettiradigan ko'rinadi.
2006 yili "Mashal"dagi mazmunli o'yini orqali Slovakiyaning "Slovan" klubi etiboriga tushgan futbolchi 20 yoshidayoq Evropaga yo'l olgandi. Bratislava klubida Aziz yo'qolib qolmadi va u erdagi ikki yillik faoliyati mobaynida 52 uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 10 bor yo'l topa bildi. So'ngra Ibragimov jamoasini o'zgartirishga qaror qildi va 2008 yili taqdirini CHexiyaning "Bogemians-1905" klubi bilan bog'ladi. Bu klubda hamyurtimiz uch yil o'ynadi va jami 45ta o'yinda ishtirok etdi. O'z hisobiga esa 1ta gol yozdirib qo'ydi.

Keyinchalik futbolchi o'zini Xitoy super ligasida ham sinab ko'rishga qaror qilib, "Cindao Jonun" variantini tanladi.

Oxirgi yillarda esa Aziz Ibragimov CHexiyaning "Bogemians" klubida o'ynab kelayotgandi.

Malumotlarga ko'ra futbolchi endilikda faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishga qaror qilgan. 27 yoshli o'yinchi "Andijon" klubi bilan muzokara o'tkazgan. Unga ko'ra, Ibragimov ertaga Toshkentga uchib keladi. SHanba kuni esa "Andijon" qarorgohiga tashrif buyurib, klub bilan yaqindan tanishadi va mashg'ulotlarga qo'shiladi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика