So’nggi yangiliklar

21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  2 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  1 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7

Aziz Ibragimov: "Terma jamoaga qaytishga imkon berishlarini hayajon bilan kutaman" Yangiliklar

Aziz Ibragimov: "Terma jamoaga qaytishga imkon berishlarini hayajon bilan kutaman"

Bundan etti yarim yil oldin, yani 2007 yil boshida Muborakning “Mashal” jamoasidan Slovakiyaning “Slovan” klubiga yo'l olgan Aziz Ibragimov haligacha o'sha o'lkalarda yurtimizning birinchi va yagona vakili bo'lib qolmoqda.
Poytaxt Bratislavaning “Slovan” klubidagi bir yarim yillik davrdan so'ng Azizning qo'shni CHexiyadagi faoliyati boshlangan edi. Orada u jamoalarini almashtirib turdi ham. Hatto 1,5 mavsum Xitoyda “Cindao Jonun” sharafini ham himoya qilib qaytdi.

Yaqinda yarim himoyachimiz tatilni o'tkazish uchun o'z qadrdonlari – oilasi davrasiga keldi. Toshkentdaligidan foydalanib, biz Ibragimov bilan uchrashdik va suhbatlashishga erishdik.



- SHarqiy Evropa mamlakatlari chempionatlarini ko'p futbolchilar yanada kuchli birinchiliklarga o'tish yo'lidagi ko'prik sifatida baholashadi. Siz Slovakiya va keyin CHexiyada o'ynayotganingizga mana ancha yil bo'ldi. Sizga yanada kuchli chempionatlarga o'tishga nima to'sqinlik qilmoqda?
- Men o'tgan mavsumni “CHeske Budeyovice”da boshlab, chempionatning ikkinchi yarmini ijarada “Bogemians Praga” klubida o'tkazdim. Ammo shartnomam “CHeske Budeyovice”ga tegishli. Yana bir yillik shartnomam bor. “Budeyovice” so'ngi chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etdi hamda 1-o'rin bilan oliy divizionga yo'l oldi. O'zbekistonga kelishimdan oldin “CHeske Budeyovice” klubi prezidenti bilan uchrashuvda bo'ldim. U tatildan qaytgach o'zimizga qo'shilasan dedi. Barchasini o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan so'ng hal qilamiz dedi. SHuning uchun Toshkentdan qaytgach, mashg'ulotlarga “Budeyovice” tarkibida kirishaman.

Boshqa kuchli chempionatlardan chorlovlarga to'xtaladigan bo'lsam, men bu erga kelgan dastlabki mavsumlarda juda ham omadli to'p surdim. Natijada, Germaniya 2-bundesligasi klublaridan biri menga qiziqish bildirgan ekan. Ular meni ancha kuzatishgan ekan. Biroq “Slovan” klubi rahbariyati so'ragan transfer summasini nemislar ancha oshirib yuborilgan deb aytishib, bu mavzuni yopishga majbur bo'lishgan. Agarda o'shanda klublar o'zaro kelisha olishganida, balki men hozirda bundesligada o'ynayotgan bo'larmidim. Lekin men o'zimni hali ruhan ham, jismonan ham tetik deb hisoblayman. SHu bois kelajakka katta umid bilan boqaman. Xudo xohlasa, Aziz Ibragimov hali o'zini yanada balandroq darajada albatta ko'rsatadi.

- Olis yurtda to'p surayotganingiz terma jamoada ham o'rningizni oldirib qo'yishingizga sabab emasmi? Bu borada qanday fikrdasiz?
- Men o'zimni milliy terma jamoadan mahrum bo'lgan, umidini uzgan o'yinchi deb hech qachon hisoblamaganman. So'ngi marta termada 2011 yilgi Osiyo kubogida o'ynagan bo'lsamda, men o'zimni haligacha termaning bir tarkibiy bo'lagi deb sanayman. To'g'ri, mening o'yinlarimni muntazam ravishda kuzatishga Mirjalol Qosimovda imkoniyat yo'q. Ammo men o'zimga ishonaman. Men o'zimga bo'lgan talabni, masuliyatni bir zumga ham unutmaganman. Men hamon o'z ustimda tinmay ishlab yuraman. Axir sportchi uchun bundan boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.

Bilasizmi, men yaqin orada terma jamoaga taklif olishni juda-juda istayman. Terma libosida maydonga tushishni men katta xis-hayajon bilan, kerak bo'lsa, har kuni kutaman. Agar murabbiylar qaysidir o'rtoqlik uchrashuvida menga terma jamoa tarkibida to'p surishga imkoniyat berishsa, men bu fursatdan maksimal darajada foydalanishni ko'zlab turibman. Men o'zimni shu onlarga tayyorlab ham boryapman. CHunki bunday imkoniyatlar ko'p bo'lmaydi. Bir-ikkita bo'lishi mumkin xolos. Men aynan shu kichkina imkoniyatdan ham keragicha naf chiqara olishim darkor. Yani o'sha o'rtoqlik uchrashuvida o'zimni har tomonlama va yuqori saviyada ko'rsata olsamgina, Qosimov meni keyinchalik ham termaga jalb qiladi. Men sizni ishontirib aytamanki, ko'rasiz, agar menga shu imkoniyat tuhfa etilsa, men uni qo'ldan chiqarmayman. Men bosh murabbiy va muxlislar ishonchini albatta qozona olaman. Men bunga qattiq ishonaman.



O'zbekistonning Ummon bilan ikkala uchrashuvini bevosita ko'rdim. Katta gapirishga yo'ymangu, men o'sha o'yinlarda o'zimni ham maydonga tushgandek bir tasavvur etib ko'rdim. O'z kuchimni, sport formamni, harakatlarimni boshqalarniki bilan solishtirdim. Va shunday xulosaga keldimki, masalan, agar men ham yo Olmaliqdagi, yo Toshkentdagi o'sha bellashuvlarning birida qatnashgan bo'lganimda, termamiz o'yinini buzib qo'ymasdim. Jamoamizni yanada kuchaytirsam kuchaytirardimki, aslo orqaga tortmagan bo'lardim. Aytmoqchimanki, men o'sha kungi nomzodlardan kam emasman. Faqat uzoq masofada ekanligim uchun buni terma ustozlari va ishqibozlar amalda ko'ra olishmayapti.

- O'z jamoasi uchun yuragini berib o'ynash degan tarifni siz qanday qo'llaysiz?
- CHexiya chempionatida buncha payt ushlanib qolish oson emas. Men har bir uchrashuvda yuragim yonib o'ynashim tufayligina shu erlarda yuribman. Maydon tashqarisida juda ham bosiqman. Ammo maydonda har qanday raqibni “bo'lak-bo'lak” qilib yuborishga tayyorman. Menda har bir o'yinga motivaciya hamisha yuqori bo'lgan. Doimo yutishni istayman. SHuning uchun bo'lsa kerak, ko'p sariq kartochkalar va bazida hatto qizil kartochka ham olib turaman. Qo'polligim uchun emas, menimcha, kurashlarda har doim oxirigacha kurashishim bois. Raqibga yakkakurashlarda engilmaslik uchun oxirigacha intilganim sababli.

Misol uchun, oxirgi qizil kartochkamni “Viktoriya” Jijkov bilan chempionat o'yinida oldim. Yomg'ir yoqqanligi sababli maydon ancha sirpanchiq edi. Men podkatda raqibdan to'pni olishga tashlandim. U to'pni tepib yuborishga ulgurdi. Biroq sirpanchiq maysada o'zimni to'xtata olmay, raqibimga borib urildim. Hakam darhol “qizil” ko'rsatdi.

Menga 6ta o'yinga diskvalifikaciya elon qilishdi. Jamoamni og'ir ahvolga solib qo'yganim uchun o'zimni qo'yarga joy topa olmasdim. Va hech kimga, hatto klubimga ham aytmay, federaciyaga bordim, tartib-intizom qo'mitasi azolari bilan uchrashdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim. Sirpanchiq maydonni gapirdim. Hammasi bexosdan yuz berganini aytdim. Men qo'pol o'yinchi emasligimni barcha yaxshi biladi. Xullas, qo'rqmasdan, boshimni baland ko'targancha federaciyaga uzr so'ragani borganim ish berib, diskvalifikaciyani 3ta uchrashuvga qisqartirishdi va men atigi 3ta bahsni o'tkazib yubordim xolos.

- Oila qurganingizga ko'p bo'lmadi. Bu haqda ham gapirib bersangiz.
- Bir yarim yil oldin uylandim. Turmush o'rtog'im Oksana Pragada ishlaydi. SHu erdagi rus kompaniyalaridan birida menejer. Bir nechta chet tillarini biladi. Mening CHexiyadagi eng yaqin muxlisim. U meni doimo qo'llab-quvvatlab turadi.

- Ukangiz ham sizning ortingizdan borib, futbolchilikni tanlaganini bilamiz. Ibrohim hozir qay darajada muvaffaqiyatli o'ynayapti?
- U pleymeyker poziciyasida to'p suradi. 2001 yilda tavallud topganiga qaramay, “Bunyodkor” klubining 2000 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasida o'ynaydi. Murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev. Men Toshkentdaligimda uning o'yinlariga borib bevosita kuzataman. Lekin, bilasiz, ko'proq uydan yiroqda bo'laman. SHuning uchun Ibrohim menga har bir o'yinidan keyin doim sms yozadi. Statistikasini – qancha pas berdi, qancha yo'qotish qildi va h.k. yozadi.



Ko'z tegmasin, u hozircha menda iliq taassurotlar qoldirmoqda. Tezligi yaxshi. Kurashlarga kirishishga qo'rqmaydi. Kelajakda yaxshi saviyadagi pleymeyker bo'lishini men o'zim, ota-onam va barcha yaqinlarimiz intizorlik bilan kutyapmiz.

- Jahon chempionati kunlarida shu turnirga oid bir savol. Siz CHexiya va Slovakiyadagi hozirgi holatni yaxshi bilasiz. Aytingchi, bu ikki terma jamoa nima sababdan JCH-2014dan quruq qolishdi?
- CHexlarda ayni davrda avlodlar almashinuvi ketmoqda. “Viktoriya” Plzen bilan mamlakat miqyosida hamda CHempionlar ligasi va Evropa ligasida Pavel Vrba katta natijalarga erishgach, federaciya rahbariyati aynan uni milliy jamoa ustozligiga taklif etdi. “Viktoriya” bu ajoyib mutaxassisni zo'rg'a-zo'rg'a qo'yib yubordi. CHunki kim ham bunday oliy darajadagi murabbiyni qo'yib yuborgisi keladi. Ammo milliy terma jamoa manfaatlarini o'ylab, “Viktoriya” unga rozilik berdi. Vrba darhol tarkibni yoshartirishga kirishdi. Jamoa sardori Tomash Rosickidan tashqari, boshqa barcha yoshi ulug'lardan voz kechdi. Hatto Petr CHex ham endilikda termaga muntazam chaqirilmayapti. Vrba etiborini 1985-86 yillarda tug'ilgan futbolchilarga qaratdi. SHuning uchun CHexiya termasidan katta natijalarni kelajakdagi yaqin yillar ichida kutish kerak.

Slovakiyada boshqacha ahvol. Ularda terma jamoa yaxshi mutaxassis qo'l ostida emas. Yan Kozak jips jamoa shakllantira olmadi. Aytgancha, u “Bunyodkor”da to'p surgan kichik Yan Kozakning otasi.


Ulug'bek Mirzaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика