So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Aziz Ibragimov: "Gollarimni dadamga va muxlislarimga bag'ishlayman" Yangiliklar

Aziz Ibragimov: "Gollarimni dadamga va muxlislarimga bag'ishlayman"

Dinamo - So'g'diyona (2:0) uchrashuvida o'yin qahramoniga aylangan Aziz Ibragimov bahs yakunlangach, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Tabriklar uchun rahmat. Avvalo bizni tinmay qo'llab-quvvatlab turgan ajoyib muxlislarimizga katta rahmat. Mana shunday shiddatli va murosasiz bahsda bugun Samarqand ahlini xursand qila olganimizdan juda baxtiyormiz.

- Gol urgach, futbolkadagi 54 raqami orqali kimni tabrikladingiz?

- Bu dadamga bag'ishlangandi. Ertaga 17 may kuni dadajonim 54 yoshni qarshi oladilar. SHu bois ushbu golimni dadam va qolgan yaqinlarimga bag'ishlagandim. Umuman olganda ikki golimni otam va muxlislarga bag'ishlayman. Ishqibozlar jamoamizning kuchiga kuch qo'shdilar.

- Mavsumdagi 3-golingizni kiritdingiz. Dinamodagi faoliyatingizdan qoniqayapsizmi?

- Hozircha qoniqayapman deya olaman. Imkonqadar muxlislarni xursand etishga harakat qilayapmiz. Umuman olganda, men qaerda to'p surmagan bo'lsam maksimal kuchimni sarf etib faoliyatimdan qoniqqanman.

- Sizni hujumkor yarimhimoyachi sifatida bilardik. Samarqandda esa hujumchi sifatida to'p surayapsiz. Bu sizga maqulmi?

- Avvalambor, bosh murabbiyimiz meni qaysi poziciyaga qo'ysa o'sha erda to'p suraveraman. Hozir hujumda jamoamga foydam ko'proq tegayapti. SHunday ekan, hujumchi sifatida to'p surish menga maqul.

- Oldinda Dinamoni og'ir o'yinlar kutib turibdi. Bunyodkor, Paxtakor va Nasafga qarshi. Imkoniyatlar borasida fikrlaringiz?

- Biz har bir o'yinda ochkolar uchun kurashamiz. Bu futbol – oldindan hech narsa deb bo'lmaydi. Ayniqsa bu yil qator kutilmagan natijalarga guvoh bo'lib turibmiz. Misol uchun, Nasafning Metallurgga mag'lub bo'lishini yoki bugungi raqibimiz So'g'diyonaning Bunyodkorni mag'lub etishini hech kim kutmagandi. Demakki, bizda ham g'alaba uchun imkoniyatlar bo'ladi.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика