Aziz Ibragimov: “Gollarim jamoamga yordam berganidan xursandman”
18 apr 2016 18:14
Yangiliklar
Aziz Ibragimov: “Gollarim jamoamga yordam berganidan xursandman”
“Buxoro” - “Andijon” jamoalari uchrashuvi (5:2) yakunlangach, buxoroliklar yarim himoyachisi Aziz Ibragimovning o'yin haqidagi fikri bilan qiziqdik.
- Bugungi g'alaba bilan barcha “Buxoro” muxlislarini tabriklayman, - deydi A. Ibragimov. - Uchrashuv avvalida tezkor gol urish muhim edi. 11 daqiqada 2-0 hisobida oldinga chiqib olishimiz esa bizning o'yinni nazorat qilishimizga imkon berdi. G'alabadan benihoya xursandman. Ayniqsa uchrashuvda dubl qayd etib, komandaga yordam berganimdan xursandman. Kiritgan gollarim uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Aynan ularning qo'llab quvvatlashi va kerakli vaziyatda to'p oshirishi tufayli ushbu gollarni urishga muvaffaq bo'ldim.
“Andijon” jamoasi ham yaxshi shakllangan komanda ekan. Maydonda munosib qarshilik ko'rsatishdi. Ushbu jamoaning keyingi o'yinlariga omad tilayman.
"Buxoro" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar