So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  1 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

Aziz Ibragimov: “Andijon”ni elitada qolganidan xursandman” Yangiliklar

Aziz Ibragimov: “Andijon”ni elitada qolganidan xursandman”

Joriy mavsumning ikkinchi qismini “Andijon”da o'tkazgan Aziz Ibragimov yangi jamoasida har tomonlama o'zini ko'rsata oldi.
Yozda klub mashg'ulotiga ilk kelganidayoq murabbiyning maydondagi yordamchisi bo'lishga intilishini aytganida, muxlislar to'lqinlanib ketishgandi. Ibragimov ayni damda Pragada shaxsiy ishlari bilan bo'lib turibdi. U bilan bog'lanib, “Andijon”ni elitada qolishi va boshqa mavzular haqida suhbatlashdik.

- Aziz aka, “Andijon”ni kelgusi mavsum ham oliy ligada ishtirok etishi elon qilindi. Bundan xabaringiz bo'lsa kerak?
- Ha, bu haqda internetda o'qidim va o'zimga ham aytishdi. Quvonarli xabar. Bundan faqat xursand bo'ldim.

- Bu siz uchun kutilmagan xabar bo'ldi?
- Yo'q, oldinroq bu haqda futbol mutaxassislardan eshitgandim. SHundan keyin qandaydir umid bor edi.

- Kelasi yil oliy ligada jamoalar soni 16ta bo'lishiga fikringiz qanday?
- Men faqat andijonlik muxlislar uchun xursandman. Ularni mamlakatimizdagi etakchi ishqibozlar deya olaman. Bunday jonkuyar fanatlarga ega bo'lgan viloyatning oliy ligada jamoasi bo'lishi shart deb o'ylayman. Ishonamanki kelasi mavsum tribuna ashaddiy ishqibozlar bilan to'lib toshadi.

- Endi “Andijon” bilan hamkorlikni davom ettirasizmi yoki...
- Klub bilan tuzgan amaldagi shartnomam yakuniga etdi. Hozircha bir to'xtamga kelganim yo'q. Vaqt ko'rsatadi.

- Aytgancha bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana milliy terma jamoa yig'iniga chaqiruv oldingiz...
- Ha, garchi “Andijon” turnir jadvalida so'nggi pog'onani band etgan bo'lishiga qaramay milliy terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov meni ham navbatdagi tashkil etiladigan yig'inlarga taklif etdi. Buning uchun murabbiydan minnatdorman va uning ishonchini oqlash uchun bor kuchim bilan ishlayman.

- Pragadan qachon qaytasiz?
- Nasib qilsa 21 noyabr, juma kuni Toshkentda bo'laman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика