So’nggi yangiliklar

17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  2 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

Aziz Ibragimov: "Andijon"dan 40 ming dollar... bu mish-mish" Yangiliklar

Aziz Ibragimov: "Andijon"dan 40 ming dollar... bu mish-mish"

Muxlis minbari sahifamizning bu galgi mehmoni, milliy terma jamoamizning sobiq futbolchisi, hozirda Samarqandning "Dinamo" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Aziz Ibragimov.
Xabaringiz bor, Aziz bir necha yillar CHexiya va Slovakiya klublarida to'p surgan, milliy terma jamoamizda o'zining ajoyib driblinglari bilan muxlislar mehrini qozongan edi.  Uning faoliyatiga oid ko'plab savollar kelib tushdi. Biz futbolchimiz bog'lanib, savollarga javob oldik.

"News Arena" malumotnomasi
Aziz Ibragimov 1986 yil 21 iyulda Toshkent shahrida tug'ilgan. Birinchi murabbiylari  Anvar O'runov va Baxtiyor Nuraliev. Faoliyati davomida "Traktor", "Mashal",  "SHo'rtan", "Slovan" (Bratislava), Bogemians (Praga), "Banik" (Most), "Cindao CHjunnen" (Xitoy), "Andijon" klublarida to'p surgan.

Hozirda Samarqandning Dinamo jamosi safida harakat qilmoqda. Milliy terma jamoa safida 16 uchrashuvda maydonga tushib, uch bor gol muallifi bo'lgan. "Slovan" (Bratislava) tarkibida Slovakiya chempionatining bronza medali sohibi va Intertoto kubogi ishtirokchisi.



Ahrorbek Ahmadaliev  haydovchi
- Evropadagi missiyangiz o'z nihoyasiga etdimi? Yurtimiz jamoalari taklifini qabul qilishingiz sababi nimada, chetdan takliflar ham bo'lgandir?

- Bilasizmi, faoliyatimning aksariyat qismini chetda o'tkazdim. Ochig'ini aytganda, yurtimizni sog'indim. Ota-onam, yaqinlarimni oldida ko'proq bo'lishni xohladim. Bilasiz bu futbol, futbolchiga qaerda manfaatli taklif bo'lsa, o'sha erni maqul ko'radi. Takliflar bo'ldi. Lekin yuqorida aytib o'tganimdek, yurt sog'inchi, ota-onam va yaqinlarim bilan ko'proq birga bo'lishni xohladim. Missiyam o'z yakuniga etdi, deb o'ylamayman. Yaxshi taklif bo'lsa, balki qaytarman.


Akmal G'oyipov  tadbirkor.
- O'zingiz haqingizdagi bazi malumotlar biz uchun qiziq. Misol uchun, qachon va qaerda tavallud topgansiz, qaysi akademiya tarbiyalanuvchisiz va birinchi murabbiylaringiz borasida aytib o'tsangiz?

- 1986 yil Toshkent shahrida tavallud topganman. CHilonzor futbol maktabida Aziz Haydarov, Aleksandr Lobanov kabi futbolchilar bilan bir qatorda Anvar aka O'runovdan futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rganganmiz. To'g'ri, dastlabki murabbiyim Baxtiyor aka Nuraliev bo'ladi. Lekin Baxtiyor akaning qo'l ostida juda qisqa vaqt mobaynida shug'ullanganman.


SHerali Mamatov  tadbirkor.
- Faoliyatingizni ko'p qismini Evropada o'tkazgansiz. Ko'hna qitada totalizator o'yinlari juda avj olgan. Sizning bu borada qiziqishlaringiz qanday?

- To'g'risini aytsam, bunday o'yinlardan yiroqman. Hayotda xudojo'y insonman. Ibodatni kanda qilmayman. SHuning uchun bunday o'yinlarni yoqtirmayman. Qolaversa, Evropada futbolchining shartnomasida bunday o'yinlarda ishtirok etishni taqiqlovchi bandlar bor. Lekin u yoqda bunday o'yinlar juda ommalashgan.



News Arena savoli
- O'tgan mavsum Andijon safida to'p surdingiz. Eshitishimizcha, to'rt oy uchun 40 ming dollar olgan ekansiz, bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- (Kuladi) Ochig'i, Andijondan bunchalik ko'p pul olganim yo'q. Aslida oylik maoshlarimni ham hali to'liq berishgani yo'q. Bu mish-mishdan boshqa narsa emas!


Oqilbek Hakimov  - tibbiyot xodimi.
- Milliy terma jamoa safidagi sizning chizig'ingizda to'p surayotgan futbolchilarimizning harakatlarini qanday baholaysiz? Hozirgi holatingizdan kelib chiqsak, terma jamoadan chaqiriq olish imkoniyatingizni qanday baholagan bo'lardingiz?

- Bu borada bir narsa deyishim qiyin. Hammasini murabbiy hal qiladi. Qishki yig'inda terma jamoaga jalb etilgandim. Lekin harakatlarim maqul tushmadi, shekilli, tarkibdan o'rin ololmadim. Buni to'g'ri qabul qilaman. CHunki tarkibga kiritilmabmanmi, demak mendan kuchli futbolchilar bor. Hozirda mening chizig'imda Sanjar Tursunov va Sardor Rashidovlar to'p surayapti. Har ikkisining ham harakatlari tahsinga sazovor. Ularga omad tilayman!


Kamoliddin Abdullaev  jurnalist.
- Familiyangiz borasida oydinlik kiritib o'tsangiz. Ibrohimov deb yozilsa ham to'g'ri bo'ladimi?

- Har qalay yoshligimdan beri Ibragimov bo'lib kelganman. Pasportimda ham shunday yozilgan. Aslida bobomning ismi Ibrohim bo'lgan. Sobiq ittifoq paytida bunday o'zgartirib yozishlar odatiy hol bo'lgan-ku.



Diyorbek Siddiqov  talaba.
- Terma jamoa safida to'p surgansiz. Quloqqa ko'p chalinib qoladi. Maksim SHackix to'p surgan vaqtda ham, asosan hal qiluvchi gapni Server Jeparov va Timur Kapadze aytishar ekan. Bu borada nima, deya olasiz?

- Bu borada aniq ayta olamanki, men to'p surgan vaqtda jamoada doimo yoshi kattalar muhim o'rin tutgan. Maksim SHackix, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterovning gap-so'zlariga quloq tutardik. Faqatgina Server bilan Timur Kapadze alohida o'rin tutardi, deyish noto'g'ri.
 

Hayitbek Tillaev - duradgor
- Faoliyatingizda muhim o'rin tutuvchi jamoa va murabbiy...

- "Bogemians" jamoasi va murabbiyim Pavel Xoftix asosiy o'rin egallaydi. Pavel Xoftix hozirda CHexiya yoshlar terma jamoasini boshqarmoqda. U bilan doimo aloqada bo'lib turaman. Bir so'z bilan aytganda, munosabatlarimiz ijobiy saqlanib qolgan.



Qodirali Hamroqulov - jurnalist
- Poytaxtimizning Qushbegi dahasida joylashgan futbol maydonchasi oldida sizga bir necha bor ko'zim tushgandi. Bu maydon bilan sizni nima bog'lab turadi?

- Bu borada qiziq voqea yuz bergan. Dastlab Paxtakor akademiyasiga Baxtiyor Nuraliev qo'l ostiga kelganman. Lekin akademiyaning oylik to'lovi bor edi. SHaroit to'g'ri kelmagan, qolaversa, uydagilardan to'lov uchun pul bering, deya olmaganman. SHuning uchun, akademiyadan haydalganman. U erdan ketib, Qushbegi dahasidagi eski To'qimachi stadionidagi futbol to'garagiga borganman. U erda Boris Andreevich rahbar edi. Keyinchalik Anvar aka O'runov kelgan. Dadam bilan suhbatlashib, agar o'g'lingizning harakatlari yoqsa, olib qolamiz degan. Murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirganman, shekilli, to'garakka azo bo'lganman. Keyinchalik barchamiz CHilonzor futbol maktabiga ko'chganmiz. SHuning uchun, ushbu futbol maydoni men uchun qadrli. Qolaversa, o'sha erda yaqin do'stimning choyxonasi bor. Uning oldiga ko'p borib turaman. SHunda ko'rgan bo'lsalar kerak.


Odilbek Siddiqov  tibbiyot xodimi.
- Dinamoga o'tdingiz. Internet tarmoqlarida bu jamoa mutassaddilari haqida turli-xil tanqidiy maqolalar chop etildi. Balki bu borada ham o'z fikringiz bordir. Klub boshliqlari va murabbiylari haqida nima deya olasiz?

- Bilmadim. Men yaqinda keldim. Hozircha bir narsa deyishim qiyin. Buni vaqt ko'rsatadi. Lekin jamoadagi muhit alo. Munosabatlari ham yaxshi ko'rinish olgan.


Behzodbek Siddiqov  talaba.
- Aksariyat legionerlarimizni o'z klubida O'zbek deb atashar ekan. Balki sizni ham CHexiya va Slovakiyada shunday atashgandir? Yoki boshqacha ismingiz, to'g'rirog'i, laqabingiz bormidi?

- SHu paytgacha yurtimizdan tashqarida to'p surgan bo'lsam, xech qaerda o'zbek deb atashmagan. Slovakiyada Azi deb chaqirishardi. CHexiyada Ibra, Xitoyda esa, Ibu deb atashardi.



Jasurbek Sotinboev  muhandis.
- Birga to'p surgan futbolchilarimiz orasidan ramziy terma jamoangizdan kimlar o'rin olgan bo'lardi?

- Darvozaga Pavel Bugaloni qo'ygan bo'lardim. O'ng qanotga SHavkat Mullajonov, markazga Anzur Ismoilov va Islom To'xtaxo'jaevni, chapga Vitaliy Denisovni, yarim himoyaga Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov va Nikolay SHirshovni, oldingi chiziqda esa, Server Jeparov va Maksim SHackix. Ramziy terma jamoam shunday ko'rinish olgan bo'lardi.


Avazbek To'raev  ichki ishlar xodimi.
- Andijon jamoasi safida ham harakat qildingiz. Ayting-chi, mavsum yakunida vodiy jamoasi nechanchi o'rinni zabt eta oladi. Dinamo andijonliklardan yuqori pog'onada turadi, deb ayta olasizmi?

- Ayni vaqtda, Dinamo avvalgi mavsumdagi Andijon jamoasidan kuchliroq ko'rinish olgan. O'ylaymanki, mavsum yakunida biz Andijondan yuqori pog'onada bo'lamiz. Vodiy jamoasi qaysi o'rin uchun kurash olib boradi, buni ayta olmayman-u, lekin yuqori o'rinlarni egallashini tilab qolaman.


Boburmirzo Tillaev - futbolchi.
- Terma jamoa mashg'ulotlarida tezlik borasida ham mashg'ulotlar olib borilsa kerak. Ayting-chi, siz to'p surgan vaqtda terma jamoada 100 m masofani kim eng tez bosib o'tar edi? Siz ham anchagina tezkor sanalar edingiz. Nima deb o'ylaysiz, tezlik bobida Jasur Hasanov bilan bahslasha olarmidingiz?

- Qisqa masofaga, darhaqiqat, Jasur Hasanov juda tez yugurardi. Lekin bu borada u bilan bemalol bahslasha olardim, deb o'ylayman.


Azamat Rahmonov  bank xodimi.
- Ko'p yillar CHexiyada faoliyat olib bordingiz. CHex tilidagi savodingiz qanday?

- CHex tilida bemalol suhbatlasha olaman.


Ahmad Eshmatov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика