So’nggi yangiliklar

20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  2 20:19Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  13 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  5 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  19 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9

Aziz Haydarov: "Saudiya Arabistoni bilan o'yinda futbolimiz qaerdaligi bilindi" Yangiliklar

Aziz Haydarov: "Saudiya Arabistoni bilan o'yinda futbolimiz qaerdaligi bilindi"

Jahon chempionati yo'llanmasi bilan xayrlashgan terma jamoamiz bugun yurtimizga qaytdi.

Hamyurtlarimizni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda kutib olish uchun muxlislar qatori championat.asia sayti jamoasi ham etib bordi. Muxbirimiz voqea joyida O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i Aziz Haydarovga bir nechta savollar bilan yuzlandi.

- Muxlislar umuman olganda omma Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyatni sharmandali, deya baholadi. Tarixda birinchi marotaba ushbu bosqichda qolib ketdik. Dastlab shu haqida...

- O'zilar o'yinni ko'rdinglar. Tarkib biz uchun ham, rahbariyat uchun ham yangilik bo'ldi, deya olaman. O'yinga ikki kun qolganda yangi taktika tanlandi. Uchrashuvga tayyorlangan reja o'zini oqlamadi. Etibor bergan bo'lsangiz futbolchilar o'z poziciyalarida o'ynamadi. Qaysidir manoda ko'nik olishmadi, deyish mumkin. O'ylaymanki, ushbu uchrashuvdan futbolchilar o'zlari uchun tajriba olishdi, mahalliy murabbiylarimiz kerakli xulosani chiqarishdi. Mening shaxsiy fikrimga keladigan bo'lsak, dastlabki ikki o'yin biz uchun haqiqiy "trevoga" bo'ldi. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda futbolimizning qaerdaligi ko'rinib qoldi. Futbolimiz o'zidan o'zi bunday pastga tushib qolgani yo'q. Men bu haqida anchadan beri gapiraman. Futbolimizni hamma narsalardan tozalashimiz kerak. CHuqurlikdan ko'tarilishga harakat qilamiz. Bu biz uchun katta dars bo'ldi. Futbolga tegishli insonlar barchamiz xulosa chiqaramiz. Bunday uchrashuvlarni aql bilan, xotirjam o'ylab tahlil qilishimiz lozim. Ertaga kongressda qanday topshiriqlar bo'ladi, futbolga aloqador bo'lib qolamiz yo'qmi rahbarlar hal qilishadi. Nima deyishsa o'sha bo'ladi, bergan ko'rsatmalari asosida yuramiz. 

- Falastin bilan birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng muxlislar Vadim Abramovni terma jamoa boshqaruvini olishni talab  qilgandi. Aeraportda yig'ilgan ko'pchilik muxlislar bosh murabbiydan norozi. Bunday natijadan so'ng istefo ko'ramizmi?

- Menga qo'yib bersa ancha oldin olib tashlagan bo'lardim. Lekin vaqt kam qolgani uchun tavakkalga qo'l urolmadik. O'zim bu murabbiy bilan ishlaganman. Olimpiya terma jamoasidan milliy terma jamoagacha otadek murabbiy bo'lgan. Biroq bugungi kun tendenciyalariga javob beradigan murabbiy izlashimiz kerak. Men murabbiyni yaxshi yoki yomon demoqchimasman. Nafaqat murabbiy, balki hammamiz yutqazdik. Muxlislardan futbolchilarni haqoratlamasliklarini so'rab qolaman. Ular ertangi kunimiz. Futbolchilarimiz ko'payib yotganida ham tushunardim. Ularga yaxshi sharoit yaratib berib keyin so'rashimiz kerak.

- Vadim Abramovga barcha sharoitlar yaratib berildi. 2020 yilda hech qaysi terma jamoa yig'in tashqil qilmasa ham oltita o'yin tashkil qilib berildi. Demak barcha masuliyat murabbiyning zimmasida qolmoqda...

- Masuliyat hammamizning bo'ynimizda. Murabbiy qaerdadir yaxshi, qaerdadir yomon ishladi. Uni vaqtliroq almashtirishimiz kerak edi. Tavakkalga bormadik. Qisqa vaqtda bitta murabbiy topib barchasini zimmasiga yuklash ham noto'g'ri bo'lardi. Xorijdan biror murabbiy jalb qilsak unga vaqt kerak. Vaqtdan yutish uchun ham bunday qaror qilmadik. Futbolimiz oldinga intilishda davom etishi kerak. Eski narsalarga qarab yangi hayot qurishimiz kerakmas. Biz uchun katta zarba bo'ldi. To'g'ri xulosa chiqarishimiz zarur. Halollik, chin ko'ngildan ishlash, futbolchilarga hattoki O'FAdagi xodimlarga ham professionallik kerak. 

- Mahalliy murabbiylardan terma jamoa darajasidagisi bormi? Kimlarni alohida ajratib ko'rsata olasiz?

- To'g'risini aytsam ish uslubi yoqadigan ikki nafar murabbiy bor. Ulardan biri Ro'ziqul Berdiev bo'lsa, ikkinchisi Timur Kapadze. Timur Kapadze bilan bevosita ushbu jarayonda ishladik. Yangi inovacion, yangicha tendenciyada ishlaydigan murabbiy.  Ertalabdan kechgacha izlanishda. "Olimpik" yosh jamoa bo'lishiga qaramasdan aqlli futbol ko'rsatmoqda. Bu uni terma jamoa murabbiyi bo'ladi, degani emas. Terma jamoa katta bosim degani. Bizdan katta rahbarlar bor. Hammasini ko'rib chiqishadi. 



Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика