So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Aziz Haydarov: “Muxlislar ishonchini oqlaymiz” Yangiliklar

Aziz Haydarov: “Muxlislar ishonchini oqlaymiz”

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov O'zbekiston futbol Federaciyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida 12 noyabr kuni bo'lib o'tadigan KXDRga qarshi o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

  • “Milliy terma jamoaga yig'inga kim qanday kayfiyatda kelganidan qatiy nazar ungacha bo'lgan barcha narsani unutamiz va faqat bo'lajak o'yin haqida o'ylaymiz”, - deya so'z boshladi 30 yoshli yarim himoyachi.

    “O'ylashimcha, yigitlar yaxshi sport formasida. Jamoadagi ko'pchilik uchun mavsum nixoyalab borayotgani va ularning jismoniy ko'rsatgichlari biroz pasayganini hisobga olgan holda murabbiylar shtabi ish olib boryapti. O'yingacha hamma tayyor holatga keladi, deb o'ylayman. Undan tashqari futbolchilar bilan psixologik tayyorgarlik ishlari yo'lga qo'yilgan. CHunki oldinda juda muhim o'yin kutyapti. Bu o'yinning qanchalik ahamiyatga ega ekanini jamoadagi barcha yaxshi tushunib turibdi. Bo'lajak o'yinlarni o'z foydamizga hal qilish uchun butun diqqat etiborimizni ularga qaratishimiz kerak. Hech kimda futboldan tashqari hech qanday ortiqcha hayollar, o'y-fikrlar bo'lmasligi lozim”, - deya so'zida davom etdi milliy terma jamoa safida 71 bora maydonga tushgan futbolchi.  

    Jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi dastlabki o'yinda KXDR maydonida uchralgan mag'lubiyat haqida eslar ekan, Aziz, jumladan shunday dedi:

    “Dastlabki o'yinda bir qancha kutilmagan holatlarga duch keldik. Birinchi navbatda bu - maydon. CHunki suniy qoplamali maydonda o'ynashini bilganidan keyin futbolchilarning ishtiyoqiga bu narsa salbiy tasir o'tkazmay qolmaydi. Ikkinchidan ular o'z muxlislari ko'z o'yingida, ularning qo'llab-quvvatlashlarinidan qo'shimcha kuch olgan holda o'ynashdi”.

    Javob uchrashuvida esa u O'zbekiston uch ochkoni qo'lga kirita olishi va muxlislar ishonchini oqlashiga ishonch bildirdi.

    “Bu safar esa endi biz o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Bu o'yinda maydonga raqibdan avvalgi mag'lubiyat uchun o'ch olish uchun emas, balki, raqib jamoasini mag'lub etib, o'zimizga juda kerakli uch ochkoni qo'lga kiritish uchun tushamiz. Ortiqcha ehtirosga berilib emas, aql bilan o'yin ko'rsatamiz. Muxlislarimiz bizga ishonishadi. O'ylaymanki, muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ladi va o'yinni g'alaba bilan yakunlaymiz”.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика