Aziz Haydarov gol urib "Al SHabab"ga g'alaba keltirdi
28 okt 2014 11:14
Yangiliklar


Aziz Haydarov gol urib "Al SHabab"ga g'alaba keltirdi
BAA pro-ligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al SHabab" klubi safarda "Emireyts" klubiga qarshi maydonga tushib 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Aziz ushbu bahsda to'liq o'ynadi va 80-daqiqada gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi. "SHabab" ayni paytda 15 ochko bilan musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 5 noyabr kuni Amirliklar kubogi doirasida safarda "Al-Ittihod Kalba"ga qarshi o'tkazadi.
"Emireyts" - "Al SHabab" 2:3
Gollar: Alhasan Solih 39, Luiz Enrike 54 - Enrike Luvannor 18, Karlos Villanueva 78, AZIZBEK HAYDAROV 80.
"Emireyts" - "Al SHabab" 2:3
Gollar: Alhasan Solih 39, Luiz Enrike 54 - Enrike Luvannor 18, Karlos Villanueva 78, AZIZBEK HAYDAROV 80.

Fikrlar