So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Aziz G'aniev chetga ketsa, o'zbek futboli uchun foydali bo'ladi" - Ro'ziqul Berdiev ishtirokida matbuot anjumani Yangiliklar

"Aziz G'aniev chetga ketsa, o'zbek futboli uchun foydali bo'ladi" - Ro'ziqul Berdiev ishtirokida matbuot anjumani

Bugun bo'lib o'tgan Superliganing 11-tur "Bunyodkor" - "Nasaf" bahsidan keyin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev quyidagi fikrlarni bildirdi:

- O'yin tempi yuqori bo'lmadi, tezlik ham biroz past bo'ldi, bunga sabab har ikki jamoaning ehtiyot bo'lib o'ynagani hamda ob-havoning issiqligida deb o'ylayman. Biz asosan qarshi hujumlarni ko'zlab harakat qildik. O'ylaymanki, durang o'yinga mos bo'ldi.

- Xurshid Muxtorovning o'rniga SHerzod Nasrullev asosiy tarkibda o'ynadi. Bu o'zgarish nima bilan bog'liq bo'ldi?

- Xurshid Muxtorovni "Lokomotiv" bilan bahsda zaxiraga olib, o'rniga SHarof Muhitdinovni tushirgandik. Undan keyin Liga Kubogida Nasrullaevga imkoniyat berdim va u o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. SHu bois bugungi bellashuvda unga yana ishonch bildirdik. SHerzod boshida bo'shroq harakat qildi, lekin o'yin davomida o'ziga kelishga ulgurdi.

- Har ikki klubdan terma jamoaga futbolchi taklif qilindi. Futbolchilarning ikki hafta mobaynida klub bilan birga bo'lmagani o'yinga o'z tasirini o'tkazdimi?

- Albatta, bu ham tasir qiladi. CHunki yarim jamoa biz bilan, qolgan yarmi boshqa murabbiy qo'l ostida shug'ullandi. O'zimning jamoam haqida gapiradigan bo'lsam, Bobir Davlatov, Aziz G'aniev, SHarof Muhitdinov kabi futbolchilar ikkinchi bo'limda biroz toliqib qolishdi.

- Aziz G'aniev negadir uzoqdan zarba bermayapti?

- Odil Hamrobekov o'ynagan payt G'aniev oldinroqda harakat qilardi va zarba berish uchun ko'proq imkoniyat bo'lardi. Bizda zarbasi kuchli G'aniev bilan Muhitdinov bor. G'aniev himoyachilarga yaqinroq o'ynayotgani bois zarbali holatga chiqish kam bo'lyapti. Balki u o'ziga qulay vaziyat topolmayotgan bo'lishi mumkin. Bugun Aziz jarima to'pini juda chiroyli amalga oshirdi, faqat gol bo'lmadi.

- Aziz G'anievga xorijdan takliflar bo'lyaptimi?

- U jarohatini davolab endi o'ynay boshladi. Lekin hozircha taklif yo'q va agar tushsa buni ko'rib chiqsa bo'ladi. O'ylaymanki, Aziz G'aniev chetga ketsa, bu o'zbek futboli uchun foydali bo'ldi.

- Futbolimizda yaqinda katta o'zgarish bo'ldi. Bu o'zgarish sizni xursand qildimi?

- Tan olish kerak, avvalgi rahbariyat ham futbolni yuqoriga ko'tarish uchun kerakli ishlarni amalga oshirdi: maydonlar holati yaxshilandi, akademiyalar tashkil qilindi, bundan ko'z yumib bo'lmaydi. Hozirgi o'zgarishlar ham o'z mevasini beradi deb o'ylayman.



Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика