So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Aziz Asimov “Qirol Kubogi” doirasidagi BAA – Iordaniya uchrashuvini boshqardi Yangiliklar

Aziz Asimov “Qirol Kubogi” doirasidagi BAA – Iordaniya uchrashuvini boshqardi

O'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov Tailandda start olgan "Qirol Kubogi" turniri doirasidagi BAA hamda Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqardi.

Bugun Tailandda har yili ananaviy tarzda bo'lib o'tadigan "Qirol Kubogi" musobaqasiga start berildi. Bu yilgi musobaqada avvalroq xabar berilganidek turnir mezboni Tailand, BAA, Iordaniya hamda Suriya terma jamoalari ishtirok etishmoqda. Eslatib o'tamiz, mazkur turnir o'yinlarini boshqarib borish uchun o'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov ham taklif etilgan.

Bugun, musobaqaning ilk kunida yarim final o'yinlari o'tkazildi. Quraga ko'ra, ilk yarim final o'yinida BAA hamda Iordaniya terma jamoalari o'zaro maydonga tushishdi. Mazkur uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov boshqarib bordi. Uchrashuvda Asimovga qanotda o'zbekistonlik FIFA laynsmeni Alisher Usmonov yordam bergan. Yana bir laynsmen sifatida esa, malayziyalik SHahrin bin Umar ishlagan. Uchrashuvda Iordaniya terma jamoasi 3:1 hisobda g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi. Iordaniya terma jamoasi finalda Tailand hamda Suriya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin g'olibi bilan o'ynaydi.

Tailand hamda Suriya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin esa, Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика