So’nggi yangiliklar

18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  2 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  11 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  4 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   52

Aziz Ashurov: "Muxlislardan uzr so'rayman" Yangiliklar

Aziz Ashurov: "Muxlislardan uzr so'rayman"

Kecha bo'lib o'tgan “Qo'qon-1912” – “Mashal” uchrashuvidan so'ng , Qo'qon jamoasi darvozaboni Aziz Ashurovdan uchrashuv haqidagi fikrlarini so'radik.

- Bugun biz uchun umuman kutilmagan natija qayd etildi. Ochig'i bu natijadan so'ng nimadir deyish ham qiyin. Biz maydonga albbata g'alaba qozonish uchun tushgan edik. Kutilmaganda o'z xatolarimiz tufayli darvozamizdan ikkita to'p olib chiqqanimiz , futbolchilarimizning ruhiyatiga tasir qildi manimcha. Qolaversa bu o'tkazib yuborilgan gollar murabbiylarimiz o'yindan oldin bizni oldimizga qo'ygan rejalarni ham o'zgartirib yubordi.

“Mashal”  jamoasi biz kutganimizdan ham ancha yaxshi o'yin namoyish qildi. Biz yasa yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Bugungi natijada barchamiz aybdormiz.

Futbol bu ehtiroslarga boy sport turi , o'yin so'nggida biroz ehtiroslarga berilganim uchun muxlislarimizdan hamda raxbarlarimizdan  uzr so'rayman. Men Qo'qonlikman, shahrim shanini qanaqadir moddiy boylikka almashmayman.  To'g'ri o'tkazib yuborilgan gollarda aybim bordir, lekin ataylab xech qachon gol o'tkazib yubormayman. Men o'z shahrim, o'z mahallam va o'z oilam shanidan xech narsani ustun qo'ymayman.  Biz bu mavsumda o'z maydonimizda ikkita o'yinda mag'lub bo'ldik. Endi qolgan o'yinlarda faqat g'alaba qozonishimiz shart.

Barcha muxlislarimizni hurmat qilaman. Bugungi o'yinda qilgan xatolarimizdan keyingi uchrashuvlarda to'g'ri xulosa chiqarib, muxlislarimizni albatta g'alabalar bilan xursand qilamiz deb vada beraman.

Akramjon Mamadaliev.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика