So’nggi yangiliklar

13:55Болаларга футбол керак, лекин... (ПФЛ қарорига муносабат)  0 13:33Рафинья — 2024 йил бошидан буён ЕЧЛнинг энг самарали ўйинчиси  0 13:10Қизиқ факт. "Пахтакор" 18 йилдан буён ўз майдонида "Ал Ҳилол"га ютқазмаяпти  2 12:476 та жамоа иштирок этадиган ПРО Лига қуръаси қачон бўлиши маълум  2 12:23Нойер "Байер"га қарши баҳсда жароҳат олди  0 12:04"Ньюкасл" футболчиси мавсум охиригача сафдан чиқди  0 11:41"Фенербахче" Моуриньо билан шартномани узайтирмоқчи  2 10:55ПСЖ мураббийи: «Футболдаги натижалар баъзида адолатсиз бўлади»  12 10:27Пау Кубарси ХХI асрда ушбу натижага эришган энг ёш футболчи бўлди  3 09:51«Манчестер Юнайтед»нинг яна икки нафар футболчиси жароҳат олди  5 09:24ЦСКА бош мураббийи Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  4 08:55Суперлига жамоалари қайси бренддаги либослардан фойдаланади?  1 08:32ОКМК футбол клуби янги футболчиларни таништирди  1 08:03U-18 терма жамоамиз навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  2 07:35EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  15

Aziz Ashurov: Kumirim- Iker Kasilyas Yangiliklar

Aziz Ashurov: Kumirim- Iker Kasilyas

Futbolda, darvozabon yarim jamoa, degan gap bor. Qo'qon-1912 jamoasining bu yilgi natijalarida jamoa darvozabonlarining ham beqiyos hissalari bor.

Biz bugun  respublikamizning  taniqli darvozabonlaridan biri Aziz Ashurovni suhbatga tortdik.

– Aziz nima uchun aynan darvozabonlikni tanlagansiz?

– Bolaligimda mahallada kattalar futbol o'ynashardi. Darvozada esa dadam turardilar. Men esa dadamning muxlislari edim.  SHunda katta bo'lsam darvozabon bo'laman degan orzu paydo bo'lgan. Sekin-asta maktabda o'qib yurgan paytlarimiz o'zim ham darvozada turishni boshladim. Hozir jamoamizda sport direktori bo'lib ishlayotgan SHuhrat aka Mo'minov qo'shnimiz edilar va meni harakatlarimni ko'rib, o'zlari astoydil shogirdlikka oldilar. Esimda kichkina bola edim SHuhrat aka meni elkalariga ko'tarib yugurar edilar. Birinchisi dadam, keyin SHuhrat aka darvozabon bo'lishimga sababchi bo'lishgan desam xato bo'lmaydi.

– Demak birinchi ustozingiz SHuhrat Mo'minov ekanda?

– Albatta, SHuhrat aka meni qo'limdan etaklab futbolga olib kelgan ustozim. U kishidan bir umr minnatdorman. SHuhrat aka nafaqat meni balki Aziz To'xtaboev, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramovlarning ham ustozi. SHu o'rinda ustozimizga sog'lik, oilalariga tinchlik va fayzu baraka tilayman.

-“Qo'qon-1912” jamoasining bu yilgi natijalari va o'zingizning bu mavsumdagi o'yinlaringizdan qoniqdingizmi?

– Avvalo jamoamizning natijalari haqida gapirsam, qaysidir manoda natijamizdan qoniqdim. Sababi jamoamiz uzoq tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytdi. Birinchi mavsum uchun yomon natija qayd etmadik.To'g'ri bazi uy o'yinlarimizda muxlislarimizni xursand qila olmadik, lekin mavsum yakunlanishiga 3-4 tur qolganda oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Bu debyut mavsum uchun menimcha yaxshi holat. Endi kelgusi mavsumda yanada yuqori maqsadlarni ko'zlab harakat qilsak, sekin-asta hammasi yaxshi bo'ladi. O'zimning o'yinimga kelsam, bu yil 11 ta o'yinda maydonga tushdim. Menimcha, qo'pol xatoga yo'l qo'ymadim. Lekin bu degani o'yinimdan qoniqdim degani emas. Qaysi futbolchi o'z o'yinimdan qoniqdim desa, bu o'sha o'yinchini o'sishdan to'xtaganini bildiradi. Har qanday golda davozabonni xatosi bo'ladi. Uch hujumchiga bir himoyachi qolganda ham, birga-bir vaziyatda urilgan golda ham, hatto penaltidan urilgan golda ham darvozabonning malum xatosi bo'ladi. CHunki darvozabon ximoyachini o'z vaqtida ogohlantirmagan bo'lishi mumkin. Darvozabon gapirib o'ynashi kerak doim, og'zi bilan ham ishlashi kerak.

– Sizni kumiringiz qaysi darvozabon? Oliy ligada  eng kuchli darvozabon kim sizningcha?

– Darvozabon sifatida kumirim Iker Kasilyas. Kasilyas o'zining ajoyib harakatlari va fantastik reakciyasi bilan lol qoldiradi. Keyin bir necha yildan buyon birdek o'ynayotgan Buffonni o'yinlarini yoqtiraman. Hozirgi kunda “Barselona” darvozasida turgan Raul Bravo ham juda yaxshi o'yinn namoyish qilmoqda. Ayniqsa, u oyoqda ham yaxshi o'ynar ekan. Noyerdan xam chiroyli o'ynayapti Bravo. Oliy ligamizga kelsak, menimcha hamma deyarli bir-biriga yaqin saviyada o'yin ko'rsatyapti. Hammayam xato qilyapti. Lekin Ignatiy Nesterovni o'z ishiga professional yondashishi, mehnatkashligi yoqadi. U bilan birga ishlaganman, o'z ustida tinmay ishlaydi. Pavel Bugaloni odamiyligi yoqadi.

– Kelgusi mavsumda oliy ligada legioner darvozabonlar bo'lmasligi haqida qaror chiqdi. Sizningcha bu to'g'rimi?

– Menimcha bu eng to'g'ri qaror bo'ldi. Agar chetdan haqiqatan kuchli darvozabon kelsa, bizikilar undan nimadir o'rgansa bu yaxshi. Lekin hozircha bunday darvozabon menimcha kelmadi bizga. Bizga kelgan legioner darvozabon hatto Rossiyada birinchi ligasida o'ynaydi yoki yo'q. Buning natijsida o'zimizni yosh darvozabonlarimiz zaxirada yoki o'rinbosarlar tarkibida qolib ketyapti. Men olimpiya termasida darvozada turgan vaqtlarim  jamoamning asosiy darvozaboni edim. Ignatiy ham Sanjar Quvvatov ham asosiy tarkib darvozabonlari edilar. Hozir olimpiya terma jamoamizni darvozabonlari esa zaxirada qolib ketishyapti. PFLning bu qarori yosh darvozabonlarga imkoniyat deb o'ylayman. Terma jamoalarimiz uchun kerakli qaror qabul qilindi.



– Siz uchun darvozada turish qiyinmi yoki zaxira o'rindig'idan uyinni kuzatishmi?

– O'yin davomida skameykada o'tirish og'ir. O'z shahrimda o'ynayotgan o'yinlarda ayniqsa ikki hissa qiyin. Yuqorida aytdim bu mavsumda uyda bazi o'yinlarni yutqazib qo'ydik, ayniqsa o'sha o'yinlarda jamoaga yordam bera olmaganingdan qiynaladi odam. Jarohat bo'ladi yoki zaxirada qolasiz. Nailoj darvozada bir kishi turadi. O'tgan yili birinchi ligada o'ynab deyarli hamma o'yinlarda yutdik, muxlislarimizni  g'alabaga o'rgatib qo'ydik. Endi bu oliy liga, katta farq bor. Oliy ligada qaysi jamoa yaratilgan vaziyatlardan foydalansa o'sha jamoa yutib ketadi. Bazida omadga ham bog'liq. Lekin baribir yutqazsak qo'qonlik o'yinchilar eng ko'p qiynalamiz.

-“Qo'qon-1912” darvozabonlarining bir-birlari bilan oqibatlariga hammaning havasi keladi. Bir-birlaring bilan munosabatlaring haqida ham aytib o'tsangiz.

– Biz Andrey Baklanov bilan futbolda ham, hayotda ham aka-ukadekmiz. Murabbiy o'yinga Andreyni qo'ysa ham meni qo'ysa ham bir-birimizga olaqishlab, bir-birmizni qo'llab turamiz doim. Bu yil Ruslan Matniyazov va Asilbek Omonov birga ishladi, ular ham yaxshi yigitlar. Mahoratli darvozabonlar. Ruslan uyda “Paxtakor” bilan o'ynaganimizda  qanday o'yin ko'rsatganini o'zingiz ko'rdingiz. “Bunyodkor” bilan oxirgi o'yinda yirik hisobda yutqazgan bo'lsak-da, Ruslanni birorta golda aybi yo'q. Asilbek ham o'rinbosarlarimizni bu yilgi natijalariga o'zini munosib hissasini qo'sha oldi, deb o'ylayman. Mana natijada olimpiya terma jamoamizga chaqirildi.

– Yangi mavsumga jamoani Murod Ismoilov tayyorlaydigan bo'ldi. Siz nima kutyapsiz yangi bosh murabbiydan?

– Avvalo hammamizni omadimizni bersin, shu jumladan Murod akaning ham. U kishi ham albatta yaxshi niyatlar bilan kelishgan. Men shu kungacha ishlagan barcha murabbiylarimdan minnatdorman. Vadim Abramov , Viktor Jalilov, Sergey Kovshov va Rustam aka Abdullaev  bilan ishladim. Bu murabbiylarning barchasining o'z ish uslublari bor. Barchalaridan xursandman. Murod akani esa o'yinlarini tomosha qilib katta bo'ldik. Orzu qilardim shunday zo'r futbolchilar bilan o'ynaymanmikan deb. Mana nasib ekan birga ishlash nasib qildi.  Albatta hamma ham jamoasini  yutishini hohlaydi. Jamoamizga kelgusi mavsum omadli kelishini tilayman.

– Muxlislarigizga tilaklaringiz?

– Muxlislarimizni kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yilda barchalarini xonadonlarida xursandchilik kunlar bo'lsin. Kelgusi mavsumda ham bizni qo'llab turishsin. Hamma jamoa ham doim yutavermaydi, og'ir kunlarda ham bizni yolg'izlatib qo'yishmasin. Ularga doim tazimdaman.

– Rahmat sizga xam omad yor bo'lsin!

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика