Aziz Ashurov: "Baklanov "Buxoro" bilan ham ishonchli o'ynaydi deb umid qilaman"
09 apr 2016 11:30
Yangiliklar
Aziz Ashurov: "Baklanov "Buxoro" bilan ham ishonchli o'ynaydi deb umid qilaman"
"Qo'qon-1912" - "Buxoro" uchrashuvidan oldin mezbonlar jamoasi darvozabonlar murabbiyi Aziz Ashurovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Imkoniyatlar 50-50. Bizning jamoada hech qanday yo'qotishlar yo'q, nasib qilsa o'z maydonimizda g'alaba qozonamiz. Tomoshabop o'yin bo'lsa kerak. Barcha darvozabonlarimiz bugungi bahsga tayyor. "Buxoro" bilan o'yinda darvozani kim qo'riqlaydi? Ruslan Matniyazovning qo'lida jarohat bor, G'ayrat Hasanovda esa o'yin amaliyoti kamroq. SHu bois oldingi o'yinlarda bo'lgani kabi Andrey Baklanov darvozadan o'rin oladi. Baklanov o'tgan o'yinda ishonchni oqlagandi, umid qilamanki bugun ham u yaxshi harakat qiladi", - deydi Aziz Ashurov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar