So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Aziz Amonov: "Yaypandagi alamli durangdan so'ng O'zbekiston kubogida g'alaba qozonishimiz kerak edi" Yangiliklar

Aziz Amonov: "Yaypandagi alamli durangdan so'ng O'zbekiston kubogida g'alaba qozonishimiz kerak edi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan "Lokomotiv"- "Turon" (2:0) uchrashuvi qiziqarli o'tdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Dastlab Marat Bikmaevning golidan so'ng mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa Aziz Amonov yana bir to'p kiritib uchrashuvning 2-0 ko'rinishida yakunlanishini taminladi. Biz esa ushbu uchrashuvdan so'ng Aziz Amonovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Albatta Superliga doirasida o'tkazilgan Yaypandagi o'yin va kubok bahsi o'rtasida farq bo'ldi.  "Turon" bilan birinchi to'qnashuvimizda beshta himoyachi bilan boshlagan edik. Bu biz uchun kutilmagan holat bo'lgan, natijada ozgina kelishmovchiliklar yuzaga kelgandi. Kechagi o'yinga kelsak, jiddiy tayyorgarlik ko'rganimiz samara berdi. Yaypandagi alamli durangdan so'ng o'z maydonimizda g'alaba qozonishimiz shart edi. Raqib ham yangi jamoa sifatida shakllanmoqda. Bizga munosib qarshilik ko'rsata olishdi. 

Mag'lubiyatlar ortda qoldimi yoki yo'qmi aniq javob bera olmayman. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat birga yuradi. Biz har bir uchrashuvda bor kuchimizni ishga solib g'alaba uchun to'p tepamiz. 

Qoraqalpog'istonda birinchi marotaba o'ynaymiz. Xudo xohlasa chiroyli o'yin ko'rsatamiz. "Aral Samali" bizga qarshi katta ishtiyoq bilan maydonga chiqadi",- deydi Aziz Amonov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика