So’nggi yangiliklar

13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  0 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  5 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  46 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  4 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  19 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4

Azimjon Ahmedov: “Sog'liq barcha narsadan ustun!” Yangiliklar

Azimjon Ahmedov: “Sog'liq barcha narsadan ustun!”

O'zbekiston Professional futbol ligasi (O'zPFL) qaroriga ko'ra,barcha futbol musobaqalari 15 avgustgacha qoldirildi. Bungacha Coca Cola Superliganing 1-davraning so'nggi 4ta tur bahslari markazlashgan holda, Toshkentda o'tkazilishi elon qilingandi.

Bundan tashqari, 23 iyul kuni Coca Cola O'zbekiston kubogining guruh bosqichi bahslariga qura tashlanib, unga ko'ra, Namanganning “Navbahor” klubi “A” guruhidan joy olgan holda, o'z maydonida “Metallurg”ni qabul qilib, safarda “Andijon” hamda AGMK jamoalariga qarshi maydonga tushadigan bo'ldi.
Biz “lochinlar”ning tajribali yarim himoyachisi va sardori Azimjon Ahmedovdan mazkur masalalar bo'yicha intervyu oldik.

- O'zPFL qaroriga ko'ra, 15 avgustgacha yurtimizda barcha futbol musobaqalari to'xtatildi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- O'zingizga malum, mamlakatimizda karantin talablari 15 avgustgacha uzaytirildi. PFL ham O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA)ning tavsiya xati, shuningdek, mavjud holat, qolaversa, futbolchi va murabbiylar bilan bog'liq sharoitlar, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davri hamda undagi murakkabliklarni inobatga olgan holda, shunday qarorga kelganligi, barcha uchun sog'liq birinchi o'rinda ekanligini o'z xabarida takidlab o'tdi.
Men ham ushbu qarorni maqullayman. CHunki Superliganing ko'plab klublaridagi futbolchilar koronavirusga chalinishdi. Hattoki, ”Surxon” jamoasining 15 nafar o'yinchisi koronavirusga chalinganligi elon qilindi. Bunday sharoitda esa futbol bahslarini o'tkazish boshqalarga ham xavf tug'dirishi ehtimoldan xoli emas. Axir, futbolchilarning sog'liqlari barcha narsadan ustun! Umid qilamanki, 15 avgustga qadar koronavirusga chalingan barcha o'yinchilar shifo topishadi hamda futbol yana davom ettiriladi.

- Birinchi davraning so'nggi 4ta tur bahslari markazlashgan holda, Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilayotgandi. Bu borada fikringiz qanday?
- PFL rahbariyati barcha qarorlarni jamoalarga oson bo'lishi uchun chiqaradi. Ushbu qaror ham ayni paytdagi pandemiya va karantin sharoitidan kelib chiqib, qabul qilingandi, menimcha. Ayni paytda pandemiya sababli, baribir Superliga o'yinlari muxlislarsiz o'tkazilyapti. SHunday ekan, menimcha, jamoalarga qaerda o'ynashning farqi yo'q. Restartdan keyingi bahslarda “Navbahor” ishqibozlarsiz ham munosib o'ynay olishini isbotladi. SHu bois, PFLning har qanday qarorini hurmat qilamiz hamda musobaqani qanday va qaerda davom ettirishni lozim topsa, Superliga bahslarini shunday tarzda davom ettiramiz.

- Final bahsi Namanganda o'tkaziladigan O'zbekiston kubogining “Navbahor”ga guruh bosqichida raqib bo'ladigan jamoalar borasida nima deya olasiz?
- “Metallurg” va AGMK klublari ayni paytda Superliga o'yinlarini ham yaxshi o'tkazishmoqda. SHuning uchun ushbu jamoalarga qarshi kechadigan bahslarning keskin kurashlar ostida o'tishi aniq. “Andijon”ga qarshi kechadigan o'yinlar esa o'zingizga malum, “vodiy derbisi” maqomida bo'ladi hamda bunday uchrashuvlar jamoalar qaysi o'rinni egallab turganligidan qatiy nazar, doimo shiddatli tarzda kechgan. SHu bois, bemalol “Navbahor” kuchli guruhdan joy oldi, deya olaman. Ammo joriy mavsumda o'z oldimizga yuksak maqsadlar qo'yganmiz, yani Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni niyat qilganmiz. SHunday ekan,buni amalga oshirish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz. O'zbekiston kubogini qo'lga kiritsak, shunday imkoniyatga ega bo'lamiz. Bundan tashqari, takidlaganingizdek, kubok finali bahsi Namanganda o'tkaziladi. SHunday ekan, ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda, billur sovrinni qo'lga kiritib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz. Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi buni amalga oshirishga qodir.

Xudo xohlasa, final o'yiniga etib olsak, ungacha pandemiya davri ham yakunlanib, muxlislarning stadionlarga qaytishlariga ham ruxsat berilsa, o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogining hal qiluvchi o'yinida o'zgacha anshlag yuzaga kelishiga shubham yo'q. Biz esa bundan foydalanishga harakat qilamiz hamda uzoq tanaffusdan keyin yana O'zbekiston kubogi sohibiga aylanamiz, degan umiddaman.
So'zim yakunida fursatdan foydalangan holda, barcha muxlislarni kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman.
Ilohim, koronavirus balosi yurtimizdan tezroq daf bo'lsin!Baxtimizga barcha muxlislar sog' bo'lishsin!


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика