So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  15 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Azim Ahmedov: “Paxtakor” bu yil o'ziga o'xshamadi" Yangiliklar

Azim Ahmedov: “Paxtakor” bu yil o'ziga o'xshamadi"

Toshkentning “Paxtakor” klubi 20 dekabr sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Bu yilgi mavsum to'g'risida “sherlar” futbolchisi Azim Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.
“Bu yilgi mavsum “Paxtakor” uchun ijobiy o'tdi deya olmayman. CHunki “Paxtakor” faqat chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoa hisoblanadi. Afsuski bu yil jamoamiz uchun omadsiz yil bo'ldi.

Birinchi davrada jamoaga qo'shilib ketishim biroz qiyin bo'ldi. Bunga hayajonlanganim sabab bo'lgan bo'lsa kerak. Ikkinchi davradan esa o'zimni yaxshi his qila boshladim. Jamoa o'yin uslubiga ancha moslashib oldim. Nasib qilsa kelasi yili chempion bo'lish uchun harakat qilamiz.

“Paxtakor” bu yil o'ziga o'xshamasdan harakat qildi. Bunga omadsizligimiz ham sabab bo'ldi, deb o'ylayman.

Bu yilgi mavsumda eng yaxshi futbolchi menimcha Jaloliddin Masharipov va Temurxo'ja Abduxoliqov bo'lsa kerak. CHunki ular jamoa safida juda ham yaxshi harakat qilishdi. Murabbiylardan “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Andrey Miklyaev va “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yil murabbiyi bo'lishsa kerak”, - deydi “Paxtakor” futbolchisi Azim Ahmedov.

Jahongir Sotvoldiev.


Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia
Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика