So’nggi yangiliklar

10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   0 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  5 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  7 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  1 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0

Azim Ahmedov: "O'yinimdan qoniqish hosil qilmadim" Yangiliklar

Azim Ahmedov: "O'yinimdan qoniqish hosil qilmadim"

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan futbolchilardan biri "Navbahor" azosi Azim Ahmedov o'yinga oid fikrlarini bildirdi.
"Terma jamoadan chaqiruv olish katta baxt, unda o'ynash esa ikki hissa baxt deb bilaman. Eng avvalo yoshlarni yig'inda sinab ko'rgan murabbiyimizga rahmat. To'g'risini aytsam, o'yindan avval qattiq hayajon bosdi. Klub o'z yo'liga, ammo MTJ libosini kiyish kishini junbushga keltirar ekan. SHunga bo'lsa kerak, o'yinim qovushmadi. Bu xato boshqa qaytarilmaslik uchun yana ko'proq ishlashim kerakligini tushunib etdim. MTJ nazariga tushish baxti hammaga ham nasib etavermaydi, bunday imkoniyatdan samarali foydalanishga harakat qilishim kerak. Akam ham o'yindan keyin kerakli maslahatlarni berdilar, o'yin paytida bir vaziyatda urishdilar ham", - deydi Azim Ahmedov.

- Odil bilan bir jamoa safida o'ynash qanday bo'ldi?
- "Navbahor" va "Paxtakor"da emas, akam bilan MTJda birga maydonga tushaman deb orzu ham qilmagan edim. Buni bir so'z bilan tushuntirib bera olmayman. Kecha asosan yoshlardan iborat tarkib tushganligi bois, kattalar bizga kerakli maslahatlarni berib turishdi. Mashg'ulotlar davomida ulardan yanada ko'p malumotlar olishga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика