So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  6 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

Azim Ahmedov: "Maydonga tushmay pul topishga g'ururim yo'l qo'ymaydi" Yangiliklar

Azim Ahmedov: "Maydonga tushmay pul topishga g'ururim yo'l qo'ymaydi"

"Paxtakor" klubida 3 yil davomida o'ynagan yarim himoyachi Azim Ahmedov o'tgan haftada Namanganning "Navbahor" klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzdi.

Ahmedov 2010-2015 yillar davomida aynan "lochinlar" sharafini himoya qilgan edi. Biz "Navbahor"ning Turkiyadagi yig'iniga borib qo'shilgan futbolchi bilan suhbatlashdik.

- "Navbahor"ga o'tish qanday bo'ldi?
- Qishki yig'in davom etayotgan paytda "Navbahor"dan taklif tushdi. "Paxtakor"dan ketishni o'zim ham xohladim. SHu bois rahbariyatdan meni qo'yib yuborishlarini so'radim. CHunki hozir ayni o'ynaydigan yoshdaman. "Navbahor"ga qaytganimdan xursandman.

- Hozirgi "Navbahor" siz o'ynagan paytdagi "Navbahor" emas...

- Ha to'g'ri, bu "Navbahor" oldingi "Navbahor" emas, ancha o'zgarishlar bo'ldi, jamoa kuchaytirildi. O'tgan yil jamoa bronza medaliga ega chiqdi. Bu yil ham nasib qilsa yuqori o'rinlarni egallamoqchimiz.



- "Paxtakor"dan ketish qiyin bo'ldimi?

- "Paxtakor"ni tark etish qiyin bo'ldi albatta. "Paxtakor"da barcha sharoitlar zo'r, moliyaviy tomonlama ham zo'r. Aslida jamoada qolib maydonga tushmasdan ham maosh olib yuraversam bo'lardi, lekin men pulni tanlamadim. Bunga mening g'ururim yo'l qo'ymaydi. Mehnat qilib pul ishlamoqchiman. To'g'ri "Navbahor"da bunchalik pul ishlab topmasman, lekin xudo xohlasa yaxshi o'yinlar namoyish etib muxlislarni xursand qilmoqchiman.

- Kanchelskis haqida...
- "Navbahor"ning Turkiyadagi yig'inga bugun qo'shildim (suhbat 13 fevral kuni bo'lib o'tgan). Hozircha Kanchelskisning mashg'ulotida qatnashishga ulgurganim yo'q. Ammo talabchan murabbiy ekanligini bilama, baribir Evropada ishlagan. Undan ko'p narsani o'rgansa bo'ladi.

- Muxlislarga nima deysiz?
- Namanganlik muxlislar hamisha bizni qo'llab-quvvatlashsin, xudo xohlasa biz ham maydonda ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика