So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   29 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Azim Ahmedov: "Legionerga aylanishimga ozgina qoldi. Lekin..." Yangiliklar

Azim Ahmedov: "Legionerga aylanishimga ozgina qoldi. Lekin..."

No'mon Hasanov boshchiligidagi "Navbahor" jamoasi rejaga ko'ra yig'inning navbatdagi bosqichiga kirishdi.

Dastlabki kungi mashg'ulotlar Toshkent shahrida "To'qimachi" stadionida o'tkazildi.

Quvnoq kayfiyatda o'tkazilgan mashg'ulotdan so'ng jamoaning etakchi futbolchilaridan biri Azim Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichida ko'proq jismoniy holatga etibor qaratildi. Ikkinchi bosqich ko'rganingizdek Toshkentda o'tmoqda. Safimizga yaxshi futbolchilar kelib qo'shilayotganini aytish joiz. CHempionatga hozirlik yaxshi ketyapti. 30 yanvar sanasiga qadar poytaxtda, shundan so'ng xorijda mashg'ulotlarni davom ettiramiz. U erda ko'proq nazorat uchrashuvlarida ishtirok etishimiz ko'zda tutilgan. O'ylaymanki, yangi qo'shilgan futbolochilar bilan bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunib olamiz.

Jamoamiz oldiga har doim chempionlik va yuqori o'rinlar uchun kurashish maqsad qilib qo'yiladi. O'tgan yili ham maqsadimiz shunday edi. Biroq pandemiya sabab o'ylaganlarimiz o'xshamadi. Bu yil niyatimiz kuchli uchlikka kirish va OCHLga yo'llanma olish. 

Legionerga aylanishimga ozgina qolgandi. Lekin viloyat hokimimiz bilan qolaversa Odil akam bilan maslahatlashib "Navbahor"da o'ynaydigan bo'ldim",- deydi Azim Ahmedov.




Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика