So’nggi yangiliklar

02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  1 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  4 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  0 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  13 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  11 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  110 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  221 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  7 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6

Azim Ahmedov: "Afsuski, bu mavsum boshqa maydonga tusha olmayman" Yangiliklar

Azim Ahmedov: "Afsuski, bu mavsum boshqa maydonga tusha olmayman"

FIFA kunlari o'z nihoyasiga etgach, endilikda bor etibor Superliga bahslariga qaratilishi o'z-o'zidan aniq.

Futbol jamoatchiligi tomonidan 24-turning markaziy o'yini sifatida “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalari ishtirokidagi uchrashuv tilga olinmoqda. “Qaldirg'ochlar” turnir jadvalida kuchli uchlikni egallashni maqsad qilgan. Andrey Kanchelskis shogirdlarida esa, nazariy jihatdan yuqori o'rinlardan birini egallash imkoniyati mavjud. Biz esa mazkur bellashuvdan oldin “lochinlar” azosi Azim Ahmedovdan intervyu oldik.

- Barchani qiziqtirayotgan savol. Jarohat olib malum muddatga safdan chiqqan edingiz. Xo'sh, tiklanish jarayoni qanday ketyapti? Sizni qachon maydonda ko'ramiz...

- Jarohatimni davolash jarayoni hamon davom etmoqda. Men uchun bu yilgi mavsum tugadi. Qolgan uchta o'yinni o'tkazib yuboraman.

- Nazarimizda, “Navbahor” joriy mavsumni avvalgiga qaraganda bo'sh o'tkazmoqda. Ko'pchilik ishqibozlar jamoadan katta natijalarni kutgan edi...

- Mavsum davomida ko'p o'zgarishlar yuz berdi. Yanggi o'yinchilar keldi, ayrimlari ikkinchi davrada ketdi. Murabbiylar almashinuvi kuzatildi. SHuning hisobiga natijalar ijobiy ko'rinish olmadi. Menimcha, murabbiyga vaqt kerak. SHundagina yaxshi bo'lishiga ishonchim komil.



- Oldinda uchta tur qoldi. Jamoangiz uchun deyarli hammasi halmi? Yoki hali sovrinli o'rinlardan umid o'zilgani yo'qmi...

- Qolgan barcha uchrashuvlarda uch ochko qo'lga kiritsak, bari zo'r bo'ladi. Oson bo'lmagan bahslar kutib turibdi. Jamoadoshlarimga omad tilayman.

- "Bunyodkor" bilan uchrashuvda, jamoa poytaxtdan osonlikcha ochko bilan qayta oladimi?
Boisi “Navbahor” tarkibidagi futbolchilar tajribali va maxoratli, raqibda esa charchoq alomatlari bo'lishi tabiiy hol, chunki ularning asosiy futbolchilari milliy va olimpiya terma jamoasi bilan birga bo'ldi.
- Ha. Oldimizda jiddiy va kuchli jamoaga qarshi o'yin kutib turibdi. Qiyin bo'ladi. Lekin, jamoamiz yaxshi tayyorgarlik olib boryapti. G'alaba qozonib ishqibozlarimizni xursand qilishlariga umid qilaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика