Azar: "Zidan oldida qarzdorman"

Alisher
1 iyun 2021, 18:37
Hujumkor yarim himoyachi Eden Azar Zinedin Zidanning Madridning "Real" klubi bosh murabbiyligidan ketganiga izoh bildirdi.

"Meni Zizuning ketgani haqidagi xabar xafa qildi. Murabbiy men uning muxlisi ekanligimni biladi. Biz birgalikda yaxshi 2 yilni o'tkazdik. Men Zidan oldida qarzdorman, sababi men unga ko'proq narsa bera olmadim", - deydi belgiyalik futbolchi.

Fransiyalik mutaxassis "qirollik klubi"dan 2020/21 yilgi mavsum so'nggida ketdi. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca