Azar: “Yaxshi kun bo'ldi”
06 okt 2019 07:10
Yangiliklar
Azar: “Yaxshi kun bo'ldi”
Madridning “Real” klubi hujumchisi Eden Azar Ispaniya chempionati 8-turi doirasida “Granada”ga qarshi kechgan bellashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvda belgiyalik hujumchi La Ligadagi ilk golini kiritishga erishdi.
“Yaxshi kun bo'ldi”, deya post joyladi Azar o'zining Instagramdagi sahifasiga.
28 yoshli Azar yozda 100 million evro evaziga “CHelsi”dan “Real”ga ko'chib o'tgan va 2024 yilga qadar qirollik klubi bilan shartnoma tuzgandi.
La liganing navbatdagi 9-turida “qaymoqranglilar” 19 oktyabr kuni “Malorka” mehmoni bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar