Azar yangi shartnoma imzolashdan oldin, "CHelsi" xaridlarini kutmoqda
16 may 2018 11:40
Yangiliklar


Azar yangi shartnoma imzolashdan oldin, "CHelsi" xaridlarini kutmoqda
"CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azarning klub bilan yangi shartnoma imzolashi jamoaning yozgi transfer oynasidagi xaridlariga bog'liq.
Belgiya terma jamoasi futbolchisi London jamoasining kelasi mavsumdagi niyatlarini bilish uchun shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi.
"Yangi mavsumda jamoaga keladigan futbolchilarni kutyapman. Bizga kuchli o'yinchilar o'tishini istayman, chunki Premer-ligada g'olib bo'lishni xohlayman. SHu sababli kutyapman, keyingi shartnoma men uchun muhim voqeaga aylanadi. Ko'p narsani o'ylab ko'rishim kerak" - deydi Azar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar