Azar: "Vest Xem" muxlislari "Real"ga ketishim haqida kuylashdi? Ular adashishdi"
09 apr 2019 13:16
Yangiliklar
Azar: "Vest Xem" muxlislari "Real"ga ketishim haqida kuylashdi? Ular adashishdi"
"Yaxshi o'yni ko'rsatdik deb o'ylayman. Bahs oson o'tmadi, chunki "Vest Xem" - kuchli jamoa. Ular bizga ko'p muammo yaratishdi.
Birinchi gol o'zgacha bo'ldi. To'pni olib, oldinga harakatlanishga urindim. Jarima maydonchasi ichida himoyachi to'p uchun kurashishi qiyin edi, shu sababli u menga tekkanida penalti bo'lardi.
Zarbada omadim keldi deb o'ylayman. To'pni darvoza to'rida ko'rib, xursand bo'ldim. Bo'yim past, shu sababli novcha raqiblarga qarshi o'ynash qulay. Ular burilishga qiynalishadi.
"Vest Xem" muxlislari "Real"ga ketishim haqida kuylashdi? Ular adashishdi. Mavsum oxirigacha bor etiborim "CHelsi"ga qaratilgan. Men kuchli to'rtlikka kirishni va Evropa ligasi g'olibi bo'lishni xohlayman. Buning uchun ko'p mehnat qilishimiz kerak.
Yaxshi formadaman. Ketma-ket uchta uchrashuvda g'olib bo'ldik. Ikkala turnirda ham yaxshi o'yin ko'rsatishimiz lozim" - deydi Azar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar