Azar vaqtincha OAV vakillari bilan uchrashmaydi
09 iyu 2019 22:50
Yangiliklar


Azar vaqtincha OAV vakillari bilan uchrashmaydi
Terma jamoa yig'inida bo'lib turgan Eden Azar vaqtinchalik OAV vakillari bilan uchrashuv o'tkazmaydi.
«Real» Belgiya futbol federaciyasiga futbolchi borasida murojaat bilan chiqqan. Azar ushbu haftada «qirollik klubi»ning azosi sifatida rasmiy tarzda elon qilingandi. SHu sababdan, madridliklar rahbariyati 28 yoshli vingerni 13 iyun sanasida bo'lib o'tadigan tanishtiruv marosimiga qadar, jurnalistlar bilan ko'rishmaslikka chaqirgan.
Eslatib o'tamiz, Eden Azar Evro-2020ning saralash bahsi doirasidagi Qozog'istonga qarshi o'yinda (3:0) maydonga tushib, o'z hisobiga golli uzatma yozib qo'ygandi. Belgiyaliklar «I» guruhidagi 4-tur bahsini 11 iyun kuni SHotlandiyaga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar