Azar "Real"ga qachon o'tishi elon qilindi
13 may 2019 21:00
Yangiliklar


Azar "Real"ga qachon o'tishi elon qilindi
"CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini "Real Madrid" jamoasida davom ettiradi.
Madridliklar bir necha hafta avval 28 yoshli belgiyalik xavbek bilan kelishib olishgandi.
Rasmiy transfer 29 maydan so'ng elon qilinadi. Xabaringiz bor, Evropa ligasi finalida "CHelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi hal qiluvchi bahs shu sanada o'tkaziladi va bu Azarning "aristokratlar" safidagi so'nggi o'yini bo'lishi mumkin.
Transfer narxi 100 million evro atrofida bo'lishi ko'zda tutilgan.
Joriy mavsum Eden Azar APLning 37 uchrashuvida 16 ta gol va 15 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar