Azar: "Mourinyu, Konte va Sarri men 40-50tadan gol urishimni xohlashyapti"
09 fev 2019 11:25
Yangiliklar


Azar: "Mourinyu, Konte va Sarri men 40-50tadan gol urishimni xohlashyapti"
"CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar jamoada undan nimalar kutishayotganini aytib berdi.
"Men egoist emasman. Bu narsa tufayli sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi bo'la olmasligim mumkin. Mourinyu, Konte, endi esa Sarri har mavsum 40-50ta gol urishimni xohlashmoqda, ammo buni uddalay olamanmi? Ishonchim komil emas. Ular boshqacha o'ylashmoqda. Biroq harakat qilaman.
Yulduz bo'lishni yaxshi ko'raman, biroq jamoadoshlarim gol urishi uchun to'p oshirishni ham yoqtiraman. Maqsadim sovrin yutish uchun jamoamga yordam berish" - deydi belgiyalik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar