Azar: "Misr Salahsiz umuman boshqa jamoa"
07 iyu 2018 19:10
Yangiliklar


Azar: "Misr Salahsiz umuman boshqa jamoa"
Belgiya terma jamoasi vingeri Eden Azar Misrga qarshi o'rtoqlik o'yini (3:0)dan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"Misrda yaxshi o'yinchilar bor. O'yinni nazoratimiz ostiga olishni uddaladik va vazifamizni osonlashtiruvchi tezkor golni urib oldik.
Misr termasi Salahsiz umuman boshqa jamoa, shunga qaramay ular yaxshi o'ynashdi. Ularning o'yin uslubi Tunisni uslubiga yaqin.
Men CHempionlar ligasi finalidan so'ng Salah bilan gaplashdim va unga xabar jo'natdim. Unga mening do'stim ekanligini va uni Jahon chempionatida ko'rishni istashimni aytdim", - dedi Azar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar