Azar ketmasdan turib 10-raqamning egasi paydo bo'ldi
05 iyu 2019 17:40
Yangiliklar
Azar ketmasdan turib 10-raqamning egasi paydo bo'ldi
"CHelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoi bir necha jamoalardan qiziqish borligiga qaramay klubdan ketish niyati yo'q.
Angliyalik futbolchi bir qarorga keldi va mavsumni "ko'klar" tarkibida boshlamoqchi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2020 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. Xadson-Odoi bu shartnomani uzaytirmoqchi. Bundan tashqari, yozgi transferlar mavsumida jamoadan ketishi kutilayotgan Eden Azarning raqamini ham olishni istamoqda.
Xadson-Odoi aprelda "Byornli"ga qarshi o'yinda olgan jarohati tufayli tiklanish jarayonida. U mavsum boshini o'tkazib yuborishi ham mumkin.
Unga "Bavariya" jamoasi qiziqayotganligi borasida ham xabarlar bor.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assistga erishgan.
Fikrlar