Azar: "Ilk o'yinga tayyor bo'lishni istayman"
18 may 2020 21:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/567681_original.jpg)
![](/upload/storage/567681_220.jpg)
Azar: "Ilk o'yinga tayyor bo'lishni istayman"
"Real" futbolchisi Eden Azar jamoaning mashg'ulotlari haqida gapirdi.
"Jamoadoshlarim bilan mashg'ulotlarga qaytganimdan mamnunman. Endi uchrashuvlarning boshlanishini kutish kerak. 2 oy davomida futbol o'ynamadim, hozir esa menga jismoniy tayyorgarlik va to'p bilan ishlashga katta etibor berishim kerak. Ilk o'yinga tayyor bo'lishni istayman.
Mashg'ulotlar biroz yaxshilandi. Asta-sekin oldingi odatlangan mashg'ulotlarimizga qaytyapmiz.
Ilk hafta g'alati o'tgandi, hozir esa guruhda ko'proq futbolchi bo'lib va darvozabon bilan ham mashg'ulot qilyapmiz. Endi esa butun bir tarkib bilan birga shug'ullanishni kutyapmiz", - dedi Azar.
O’xshash yangiliklar
15:16
"Real"dan navbatdagi yurish! Madridliklar "Liverpul"dan Aleksander-Arnoldni olib kelishmoqchi 2
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar