Azar: "Agar shartnomamni uzaytirsam, Lukakuni xarid qilish uchun "CHelsi"ning puli etmay qolishi mumkin"
27 may 2017 15:49
Yangiliklar
Azar: "Agar shartnomamni uzaytirsam, Lukakuni xarid qilish uchun "CHelsi"ning puli etmay qolishi mumkin"
"CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar klub bilan shartnoma uzaytirish va "Everton" hujumchisi Romelu Lukakuning "aristokratlar" safiga o'tishi haqidagi savollarga hazilomus javob qaytardi.
"Ayni damda biz yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazmayapmiz va mavsum yakunlanishini kutmoqdamiz. Xotirjamman. Hammasini muhokama qilamiz. Agar kelisha olmasak, boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz. Hozir "CHelsi"da baxtliman. Terma jamoadan qaytganimdan so'ng, klub bilan kelajagim borasida suhbatlashamiz.
Agar shartnomamni uzaytirsam, Lukakuni xarid qilish uchun "CHelsi"ning puli etmay qolishi mumkin! Hazil. Kim kelishidan qatiy nazar, yangi mavsumga tayyor bo'lamiz" - deydi Azar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar