Azamov, Lupashko va Usmonxo'jaev "Andijon" ko'rigida
23 jan 2015 15:35
Yangiliklar


Azamov, Lupashko va Usmonxo'jaev "Andijon" ko'rigida
"Andijon" jamoasini Toshkentda yig'in boshlaganiga ikki kun bo'ldi.
Bugun poytaxtdagi mashg'ulotlarning ikkinchi kuni o'tkazilmoqda. SHu jumladan Toshkentda tarkibga yangi o'yinchilarni qo'shilishi ham boshlandi. Ayni paytda Rustam Azamov, Aleksandr Lupashko va Sobir Usmonxo'jaev ko'rikdan o'tishyapti. Bu futbolchilardan Azamov bilan Lupashko avval ham "Andijon" safida to'p surishganini aytib o'tish joiz. Ulardan tashqari yana yangi futbolchilarni qo'shilishi kutilmoqda. Toshkentda andijonliklar dastlabki nazorat uchrashuvini 25 yanvar kuni "Mashal"ga qarshi o'tkazishadi.

Fikrlar