Azamat Isroilov: “Qizilqum” bilan o'yin tomoshabop bo'ldi”
26 mar 2016 13:36
Yangiliklar
Azamat Isroilov: “Qizilqum” bilan o'yin tomoshabop bo'ldi”
Uchrashuvdan so'ng “burgutlar” himoyachisi Azamat Isroilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Murabbiyimizning tug'ilgan kuniga munosib sovg'a tayyorlash maqsadida faqat g'alaba uchun o'ynadik. Lekin mezbonlar ham o'z uyida mag'lub bo'lmaslik ilinjida astoydil xarakat qildi. Uchrashuv teng kurashlar ostida va shu bilan birga tomoshabop bo'ldi. Omadimiz kelib 8-daqiqadayoq hisobni ochishga erishdik. Ammo keyinchalik o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik. Raqib futbolchilari ko'proq standart vaziyatlarda yaxshi o'yin namoyish etdi. Gollarni ham standart vaziyatlardan so'ng urishdi.
- Ammo ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirishni uddaladik. Nima ham derdik Kubok o'yinida ilk uchrashuvda safarda durang qayd etish ham aslida yomon natija emas. SHu bois bu biz uchun g'alabaga teng bo'ldi. Keyingi o'yin oldidan ruhiy ustunlik berishi turgan gap. “Qizilqum” bilan Andijonda javob o'yini turibdi. Nasib qilsa o'z muxlislarimizni quvontiramiz.
- Endi keyingi etiborimizni “Qo'qon-1912”ga qarshi kechadigan bahsga qaratgan xolda, bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Ahamiyati yuqori bo'lgan o'yinda faqat g'alaba kerak. Ishqibozlarimizni xursand qilish niyatimiz bor. Raqibni xurmat qilgan xolda shuni aytishim mumkin, safardan g'alaba bilan qaytsa bo'ladi – deydi Azamat Isroilov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar