So’nggi yangiliklar

03:06Конференциялар лигаси. Биринчи ўтиш ўйинлари меҳмонларга аталди  1 02:57Европа лигаси. "Штутгарт"дан йирик ғалаба, "Панатинаикос"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 02:29Карло Анчелотти: "Шартномамни яна тўрт йилга узайтираман"  2 02:08ЎФА ва ЎзПФЛ Суперлига жамоалари вакиллари иштирокида йиғилиш ўтказди  2 00:58Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" Хорватияда дуранг қайд этди ва бошқа натижалар  2 00:46Европа лигаси. Меҳмонлар учун аталган кеча: "Ноттингем" Туркияда "Фенербаҳче"ни аямади ва бошқа натижалар  1 00:21Чилаверт: "Реал"нинг 90 фоизи қора танлилар, бироқ муаммо фақат Винисиусда"  8 23:58Киву "Интер"нинг мағлубияти сабабини айтди  1 23:39Лиам Росеньор: "Исталган турдаги ирқчиликни қоралайман"  0 23:14ЕЧЛда тур рамзий термаси эълон қилинди  4 22:48Жейми Каррагер "Арсенал"нинг дуранги ҳақида гапирди  2 22:23Анге Постекоглу: "МЮда ишлаш - жаҳон футболидаги энг қийин иш"  3 21:55Влаховичнинг олдида икки вариант бор  3 21:35Расман: ОКМК яна бир собиқ футболчисини қайтарди  0 21:21Моуринью "Бенфика"нинг тўққизинчи матбуот анжуманида қатнашмайди  0

Azamat Allaniyazov: “Debyut mavsumdan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Azamat Allaniyazov: “Debyut mavsumdan ko'nglim to'ldi”

Bu yili “Nasaf” tarkibida oliy ligada debyut mavsumini o'tkazgan qoraqalpog'istonlik hujumchi Azamat Allaniyazov o'z hiobiga 11 ta golni rasmiylashtirishga erishdi.
Bu borada u klubda Artur Gevorkyandan keyin (18 ta gol) ikkinchi to'purarga aylandi. Oliy liga to'purarlari bahsida esa 6-pog'onadan joy oldi. Bu albatta oliy ligada ilk marotaba to'p tepayotgan futbolchi uchun katta natija hisoblanadi. Bundan tashqari, championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Azamat oliy ligada ketma-ket 5 ta uchrashuvda ("So'g'diyona", "Dinamo", "Qizilqum", "Guliston"ga (ikki marta) gol urishga erishgan yagona futbolchi sifatida etirof etildi.

Ayni paytda uz uyida, oilasi davrasida hordiq chiqarayotgan futbolchi klub matbuot xizmatiga mavsum haqidagi fikrlari bilan  o'rtoqlashdi.

-Haqiqatan ham 2013 yil faoliyatimdagi eng esda qolarlisi bo'ldi, deya ayta olaman, -deydi 24 yoshli hujumchi. – Oliy ligada ilk mavsum kutganimdanda muvaffaqiyatli chiqdi. Albatta, mavsum oldidan 11 ta gol urishimga ishonmagandim. Buning ustiga jamoamizda hujum chizig'ida SHomurodov, Abdullaev singari tajribali hujumchilar bor edi. SHunga qaramay murabbiylar menga ishonch bildirishdi va o'ylashimcha ularning ishonchini oqlay oldim. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

-Mavsumdagi eng esda qolarli o'yin qaysi bo'ldi, siz uchun?
-Buxoroda. Mezbonlarga qarshi kechgan o'yin. O'sha o'yinda g'alabaga erishsak, bronza sari dadil qadam tashlardik. SHu bois o'yinning ahamiyati yuqori edi. O'yindan birinchi golni urib, hisobni ochdim. Undan uyog'iga yana beshta gol urib, yirik g'alabaga erishdik. Mavsumdagi eng esda qolarlisi deb o'sha uchrashuvni aytgan bo'lardim.

-Keyingi yilga rejalar qanday?
- 2013 yilgi mavsuda deyarli barcha o'yinlarda maydonga tushdim, gollar urdim. Bu esa  o'z kuchimga bo'lgan ishonchimni orttirdi... Ayni paytda uyda, oilam bag'rida hordiq olayapman. “Nasaf” bilan shartnomam keyingi yili ham amal qiladi. SHu bois jamoamiz xalqaro maydonda ishtirok etsa, bu musobaqalarda ham jamoamga foydam tegishini, muxlislarni xursand etishni hoxlayman. Kelgusi yili jamoamni ham, shaxsiy ko'rsatkichlarimni ham yanada yaxshilash uchun harakat qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика