So’nggi yangiliklar

09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  0 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  5 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37

Azamat Abduraimov: "Qosimovning ketishi va Babayanning kelishi to'g'ri qaror" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Qosimovning ketishi va Babayanning kelishi to'g'ri qaror"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Azamat Abduraimov bugungi o'zgarishlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Men terma jamoa bosh murabbiyining o'zgarganidan hayratga tushganim yo'q: barchasi shunga qarab ketayotgandi, eng muhimi jamoa va uning atrofidagi holat yaxshi emasdi. Mirjalol esa menimcha, doimiy tarzda bosim ostida qolgani uchun ortiq ishlashni istamay qoldi. Lekin O'FF Qosimov bilan iliq munosabatda xayrlashdi. Uning terma jamoadagi faoliyati alohida qayd etib o'tildi. Bu eng muhim vaziyat.

Menimcha, Samvel Babayanning tayinlanishi eng to'g'ri tanlov bo'ldi deb hisoblayman. Bu haqdagi anchadan buyon gapirib kelinayotgandi, u o'tgan yilgi chempionlikdan so'ng ushbu lavozimga munosbiligini isbotlab bo'ldi. Qolaversa, uni aqlli va tajribali menejer deb bilamiz. Uning bu jihatlari kuchli jamoa va yagona murabbiylar shtabini tashkil qilish uchun kerak bo'ladi. U tashkil qiladigan tizimda har bir mutaxassis o'z ishi uchun javob beradigan bo'ladi, deb o'ylayman. Bundan oldin esa tartibsizlik kuzatilardi. Agar murabbiy o'z kasbining haqiqiy ustalarini emas, o'ziga yaqin bo'lgan murabbiylarni tanlaydigan bo'lsa... Bu kulguli va juda qayg'uli ko'rinadi, - deb yozadi Azamat Abduraimov o'zining feysbukdagi shaxsiy sahifasida.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика