So’nggi yangiliklar

23:56Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Мальорка". Таркиблар аниқ!  0 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  0 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  0 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:41Россия кубоги. ​Аббосбек Файзуллаев "Зенит"га қарши ўйинни захирада бошлади (онлайн ҳисоб)  8 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  22 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  9 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  3 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  4 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1

Azamat Abduraimov: “Nasaf” O'zbekiston kubogi sohibiga aylanadi” Yangiliklar

Azamat Abduraimov: “Nasaf” O'zbekiston kubogi sohibiga aylanadi”

Bugun Jizzax shahridagi yangi bunyod etilgan stadionda O'zbekiston Kubogi-2015 sohibi aniqlanadi.

Kubok bitta, davogar esa ikkita, u kimga nasib qiladi? Bu savolga javob topish uchun oz fursat qoldi. Finalga qadar raqiblarini birma-bir mag'lub etib kelgan Toshkentning “Bunyodkor” hamda Qarshining “Nasaf” jamoalari bosh mukofotga kim haqliroq ekanligiga o'zaro o'yinda oydinlik kiritib olishadi. 

Final uchrashuviga bo'lgan qiziqishni juda yuqori deb bo'lmaydi. O'zbekiston kubogi PFLga tegishli turnir. Lekin bu tashkilot final o'yini targ'iboti yo'lida nima ishni qoyil qildi? Katta ehtimol bilan o'yindan keyingi g'olib jamoani taqdirlash marosimi ham haminqadar o'tkaziladi. Mavsumoldi PFL Kubogi finali taqdimotidan birozgina farq qilsa bo'ldida, nima keragi bor PFLga ortiqcha harakat va harajatni. 

Bir yilda ikki, nari borsa uch marotaba ko'rinish beradigan PFLning ikki vakili kubokning ikki qulog'idan ushlab maydonga olib chiqadi, Farhod Magometov yoki Sardor Rahmatullaev uni g'olib jamoa sardoriga topshiradi. Bo'ldi, shu bilan Jizzax missiyasi yakunlanadi. Ha baraka topgurlar, O'zbekiston kubogi finalini bayram, shou kabi o'tkazmaysizlarmi? Bu siz(PFL)ning yuzingizku! 

Biz bugungi o'yin oldidan Azamat Abduraimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

“Har doimgidek, kubok finaliga xos va mos “jang” bo'lishini kutyapman. Zero, bir o'yindan iborat final uchrashuvdagi g'alaba ikkala jamoa uchun ham suv va havodek zarur. Har ikkala jamoa ham mamlakatimiz futbolining bayroqdorlaridan hisoblanadi. Lekin fikrimcha, “Nasaf” ham, “Bunyodkor” ham bu yil chempion bo'la olishmaydi. To'g'ri, “Nasaf”da hali imkoniyat bor. Ammo, chempionlik uchun kurashyotgan “Lokomotiv” va “Paxtakor”ning bu yo'ldagi imkoniyatlari yuqoriroq. SHu bois, qarshilik futbolchilar uchun O'zbekiston kubogidagi g'alaba muhimroq bo'lsa kerak. Bu bilan ular mavsumni yuqori nota va kayfiyatda yakunlashlari mumkin. Ayni paytda va holatda “Nasaf”ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. “Bunyodkor”ga hurmatimni saqlagan holda Ro'ziqul Berdiev jamoasining g'alaba qozonishini taxmil qilyapman. Bunga etarlicha asoslar bor. “Nasaf” jamoasi “Bunyodkor”ga nisbatan mavsumni deyarli bir meyorda o'tkazyapti. Jamoa tarkibiga nazar tashlang. Bir necha yildan beri deyarli bir tarkib o'ynab kelmoqda. Akademiya tarbiyalanuvchilarining sekin-asta asosiy tarkibga qo'shilib borayotganini aytmasa, tashqaridan deyarli futbolchi kelmayapti. Murabbiylar shtabini alohida takidlagan bo'lardim. Murabbiy masalasida “Nasaf”da muammo yo'q. Futbolchilar murabbiylarni hurmat qilishadi. Futbolda bu eng muhim omil xisoblanadi. “Nasaf”da etakchi bor. Artur Gevorkyan o'z jamoadoshlariga namuna bo'lib, ularni g'alaba sari etaklay oladi. Tarkibda terma jamoaga nomzod futbolchilar ham etarli. Ilhom SHomurodovning darvozani ishg'ol qila boshlagani ham jamoa murabbiylar shtabi va muxlislari uchun yaxshi yangilik bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev murabbiy sifatida juda yaxshi shakllandi va yaxshigina o'sishga erishdi. Bejizga, yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilmadi. Endi “Bunyodkor” haqidagi fikrlarim bilan o'rtoqlashsam. Jamoa tarkibi chakki emas. “Nasaf”ga nisbatan yutuqlari ham ko'proq. Lekin bu yutuqlar yaqin o'tmishda qoldi. O'tgan yili “qaldirg'ochlar” ilk bor mavsumni medalsiz yakunlashdi. O'zbekiston kubogi finalida ham mag'lubiyatga uchradi. Eng katta kamchiliklardan biri bu jamoadagi murabbiylarning qo'nimsizligi. Yoshlarga etibor berib, kelajakka yaxshi tamal toshini qo'ya boshlagan Sergey Lushanga oxirigacha ishonch bildirilmadi. Ayni paytda jamoaning natijalariga klub bosh direktori Baxtiyor Boboev javob beryapti. Mavsum yakunlanishiga oz fursat qoldi. Jamoaning chempionatda yana hech narsa ololmasligi oydinlashib qoldi. Yana xuddi o'tgan yilgidek bor umid kubokka qaratiladi. “Bunyodkor” bunday qiyin va chigal vaziyatdan qanday chiqib ketadi? Ochig'i, buni bila olmayaman. Lekin shunisi aniqki, ketma-ket ikki mavsum birorta ham sovrinsiz qolish “Bunyodkor”dek o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yadigan klub uchun bu haqiqiy fojea bo'ladi. SHularni inobatga olib aytishim mumkinki, 17 oktyabr kungi final uchrashuvi “Bunyodkor” uchun hayot va momot o'yini bo'ladi.

Fursatdan foydalanib, har ikki jamoaga ham final uchrashuvida omad va zafar yor bo'lishini tilab qolaman. Ular bunga birdek munosiblar. Lekin kubok bitta va u jamoalarning biriga nasib qiladi. SHaxsiy fikrim, “Nasaf” O'zbekiston kubogi sohibiga aylanadi. 

 Kamoliddin ALIMOV

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика